Asosiy materiallarga o‘tish

Qimor o‘ynash gunohmi?

Qimor o‘ynash gunohmi?

Muqaddas Kitob asosida javob

 Garchi Muqaddas Kitobda qimor haqida batafsil ma’lumot bo‘lmasa-da, Muqaddas Kitob prinsiplari asosida qimor o‘ynash Xudoning nazarida gunoh ekanini tushunib olsak bo‘ladi. (Efesliklarga 5:17) a

  •   Qimor o‘ynashga ochko‘zlik undaydi, Xudo esa ochko‘zlikdan nafratlanadi. (1 Korinfliklarga 6:9, 10; Efesliklarga 5:3, 5) Qimorbozlar boshqalarning chuv tushishi evaziga pul ishlab olishni ko‘zlaydi. Ammo Muqaddas Kitobda o‘zgalarning mol-mulkiga ko‘z olaytirish qoralanadi. (Chiqish 20:17; Rimliklarga 7:7; 13:9, 10)

  •   Qancha pul tikilganidan qat’i nazar, qimor o‘ynash pulga ruju qo‘yishga olib keladi. (1 Timo‘tiyga 6:9, 10)

  •   Qimorbozlar ko‘pincha irim-sirimlarga va omadga ishonadi. Ammo bunday qarashlar Xudoning nazarida butparastlikning bir turi hisoblanadi. Bu esa pok topinishga zid narsa. (Ishayo 65:11)

  •   Muqaddas Kitobdagi maslahatlar bizni «olma pish, og‘zimga tush» deb o‘tirmasdan, ter to‘kib mehnat qilishga undaydi. (Voiz 2:24; Efesliklarga 4:28) Muqaddas Kitobdagi ushbu maslahatga amal qilganlar o‘z «peshona teri bilan topgan nonni yeydi». (2 Salonikaliklarga 3:10, 12)

  •   Qimor o‘ynash raqobat ruhini uyg‘otadi, bu esa Muqaddas Kitobda qoralanadi. (Galatiyaliklarga 5:26)

a Muqaddas Kitobda qimor bilan bog‘liq birgina voqea tilga olingan. Unga ko‘ra, Rim askarlari o‘z foydasini ko‘zlab, Isoning kiyimlarini bo‘lib olish uchun “qur’a tashlashgan”. (Matto 27:35; Yuhanno 19:23, 24)