Maxfiylik sozlamalari

Veb-saytimizdan foydalanish sizga yetarlicha qulay bo‘lishi uchun biz cookie fayllari va shunga o‘xshash texnologiyalardan foydalanamiz. Ba'zi cookie fayllar veb-saytimiz ishlashi uchun zarur va ularni rad etib bo‘lmaydi. Siz qo‘shimcha cookie fayllardan foydalanishni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz mumkin. Biz ularni saytdan foydalanish sizga qulay bo‘lishi uchungina ishalatamiz. Ushbu cookie fayllardagi ma'lumotlar hech kimga sotilmaydi va reklama hamda marketing maqsadlarida ishlatilmaydi. Ko‘proq ma'lumotni Global Policy on Use of Cookies and Similar Technologies saytidan topishingiz mumkin. Istalgan paytda cookie sozlamalarini o‘zgartirsangiz bo‘ladi. Buning uchun Privacy Settings sahifasiga o‘ting.

Asosiy materiallarga o‘tish

Birgalikda topinish uchun yig‘ilgan bir guruh odamlar

Inson biror-bir dinga mansub bo‘lishi shartmi?

Inson biror-bir dinga mansub bo‘lishi shartmi?

Muqaddas Kitobga asosida javob

 Ha, chunki Xudo odamlar Unga topinish uchun birgalikda yig‘ilishlarini istaydi. Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Sevishga va ezgu ishlar qilishga undash uchun bir-birimizga e’tiborli bo‘laylik... yig‘ilishlarimizni qoldirmaylik». (Ibroniylarga 10:24, 25, izoh)

 Iso uning izdoshlari tashkillashtirilgan bir guruh bo‘lishini aytib, shunday degandi: «Agar orangizda mehr-muhabbat bo‘lsa, sizlar mening shogirdlarim ekaningizni barcha bilib oladi». (Yuhanno 13:35) Birinchi navbatda bu sevgi masihiylarning o‘zaro munosabatlarida aks etishi zarur. Ular jamoatlar tashkillashtirib, Xudoga topinish maqsadida muntazam yig‘ilishlari kerak. (1 Korinfliklarga 16:19) Barcha jamoatlar birgalikda umumjahon birodarlikni tashkil etishi lozim. (1 Butrus 2:17)

Biror-bir dinga mansub bo‘lishning o‘zi yetarli emas

 Garchi Muqaddas Kitobda odamlar Xudoga topinish uchun birgalikda yig‘ilishlari kerakligi aytilgan bo‘lsa-da, bu Unga ma’qul kelishning yagona yo‘li degani emas. Shuningdek, Allohga ma’qul kelish uchun odamning e’tiqodi uning kundalik hayotiga ta’sir qilishi kerak. Masalan, Muqaddas Kitobda shunday deyilgan: «Otamiz Xudoning nazarida toza va benuqson topinish, qayg‘u chekayotgan yetim-yesirlarga g‘amxo‘rlik qilishdan hamda dunyoda o‘zini pok saqlashdan iboratdir». (Yoqub 1:27)