Asosiy materiallarga o‘tish

YOSHLARNING SAVOLLARI

Qachon yaxshi baholar olaman?

Qachon yaxshi baholar olaman?

 «Sinfdoshlarimning ba’zilari darsga kitobsiz kelishadi, ustozni tinglamay naushnik taqib o‘tirishadi. Keyin esa ikki olganidan norozi bo‘lib yurishadi. Boshqalar esa menga o‘xshab bosh ko‘tarmay o‘qishsa ham, yomon baho olishadi. Nega bunday bo‘lyapti? Umuman tushunmayman! Butun hafta mobaynida kechasigacha nimanidir yodlaysiz-da, natijada esa baribir yomon baho olasiz». (Iolanda)

 Xo‘sh, bu qizning so‘zlari sizga tanishmi? To‘g‘ri, yomon baho, ayniqsa, birin-ketin ikki-uch yog‘ilaversa, hafsalangiz pir bo‘ladi.

 Bunday vaziyatda ba’zilar taslim bo‘lib, hech nimani o‘zgartirmaydi. Ayrimlar esa, umuman o‘qishni tashlab qo‘yishadi. Balki, siz ham shunday fikrga borayotgandirsiz. Biroq bu muammoni hal qilsa bo‘ladi. Yaxshi baho olish mumkin, buning oltita qadamini bilib oling.

 Qanday chora ko‘rish mumkin?

  •   Darsdan qochmang. «Bu men uchun yangilik emas», deb o‘ylarsiz. Darslarni ko‘p marta qoldirsangiz, yaxshi baholar olishingiz amrimahol.

     «Maktabda asosan qanday baho olishi baribir bo‘lgan o‘quvchilar darslardan qochib yurishardi. Lekin bunday qilib, ular faqat o‘ziga zarar keltirishardi». (Metyu)

     Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Inson nima eksa, shuni o‘radi». (Galatiyaliklarga 6:7)

  •   Sinfda faol bo‘ling. Aytaylik, sinfga keldingiz. Xo‘sh, nima qilasiz? Darslar mazmunini yozib boring. Ustozning aytayotganlarini tushunishga harakat qiling. Agar mumkin bo‘lsa, tushunmaganingiz borasida savollar bering.

     «Ustoz bizga aynan nima tushunarsiz bo‘layotganini ko‘rsa, buni yaxshiroq yetkazib berishga harakat qilishiga ahamiyat berdim. Shuning uchun, darsda ko‘p savollar beraman». (Oliviya)

     Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Qanday tinglayotganingizga diqqat qilinglar». (Luqo 8:18)

  •   Ayyorlik qilmang. Yaxshi baho olaman deb o‘quvchilar turli xil mug‘ombirlik qilishadi. Masalan, boshqalardan ko‘chirishadi. Lekin bu shunchaki yolg‘on emas, bunday qilib siz hech narsaga o‘rganmaysiz, aksincha, zarar keltirasiz.

     «Hatto to‘g‘ri javobni bilmasangiz ham, boshqalardan ko‘chirmang. Muammoni bunday hal qilib bo‘lmaydi. O‘zingiz uning yechimini topishga intilsangiz, boshqalarning yordamiga qarab qolasiz». (Jonatan)

     Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Har narsada halol bo‘lishni istaymiz». (Ibroniylarga 13:18)

  •   Uy ishiga jiddiy yondashing. Imkon bo‘lsa, birinchi navbatda darslarni bajaring, boshqa narsalarni esa, ayniqsa, hordiq chiqarishni keyinga surib turing a. Darslaringizni qilib bo‘lgach, maza qilib va toza vijdon bilan dam olishingiz mumkin.

     «Darslarimga jiddiy qaray boshladim. Shunda, baholarim ham o‘zgardi. Uyga kelganimda, sal-pal mizg‘ib olgim yoki musiqa eshitgim keladi. Biroq o‘zimni tiyib, darslarimni qilaman, so‘ng esa dam olaman». (Kelvin)

     Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Qaysi narsalar muhimroq ekanini farqlang». (Filippiliklarga 1:10)

  •   Yordam so‘rang. Boshqalardan yordam so‘rashdan tortinmang. Ota-onangiz bilan maslahatlashing. Yaxshi bahoga o‘qish uchun ustozdan yordam so‘rang. Ba’zida repetitorning xizmatlaridan foydalanish mumkin.

     «Ustozning oldiga boring. Mavzuni yaxshiroq tushunish va baholarni yaxshilash uchun yordam so‘rang. Tirishqoq inson ekaningizni bilsa, ustozingiz sizni qo‘llab-quvvatlashi mumkin». (Devid)

     Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Maslahatchi ko‘p bo‘lsa, ular amalga oshadi». (Hikmatlar 15:22)

  •   Tashabbus ko‘rsating. Ba’zida imtihonlarda qo‘shimcha topshiriqlar bo‘ladi. Ularni ham chetlab o‘tmang, balki bu yaxshi baho olishingizga imkon berar. Shuningdek, bajarish ixtiyoriy bo‘lgan vazifalarni oling. Masalan, biron mavzuda yozma ma’lumot tayyorlab bering. Imtihonni yaxshi topshira olmasangiz, ustozdan bahoni qanday yaxshilash mumkinligini so‘rang.

    Baholarni yaxshilay olishni musiqa asbobida o‘ynashni o‘rganish bilan solishtirsa bo‘ladi. Bu oson emas, lekin natijasi bunga arziydi

     «Yaxshi baho birinchi navbatda o‘zim uchun foydali. Shuning uchun, qo‘shimcha topshiriqlar olish yoki yomon xatoni o‘zgartirish uchun tashabbus ko‘rsataman va ustozlarning yoniga boraman». (Makkenzi)

     Muqaddas Kitobdagi prinsip: «Har qanday mehnatning foydasi bor». (Hikmatlar 14:23)

a Uy ishini bajarish borasidagi muayyan maslahatlarni «Yoshlarning savollari. Uy ishini qanday qilib tugata olaman?» nomli maqoladan toping.