«Mayli, Yahova xohlaganiday bo‘lsin»
Pavlus muqaddas ruh uni Quddusga chorlayotganini his qilgan. Lekin u yerda uni xavf-xatar kutardi. (Hv 20:22, 23) Shuning uchun, xolis niyatli masihiylar uni bormaslikka undaganida, u: «Bu nima qilganingiz? Axir yig‘lab yuragimni ezib yubordingizlar-ku»,— deb javob beradi. (Hv 21:13) Yahovaning xizmatida eng yaxshisini berishga qaror qilgan insonlarni aslo shaxtidan qaytarmasligimiz darkor.