Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Yoshlar, Yahovani yaqin do‘stingiz deb bilasizmi?

Yoshlar, Yahovani yaqin do‘stingiz deb bilasizmi?

Do‘stingiz qanday fazilatlarga ega bo‘lishini istardingiz? Ehtimol, sadoqat, mehribonlik va saxiylik kabi fazilatlarga. Yahova ushbu fazilatlarning hammasiga ega. (Chq 34:6; Hv 14:17) Ibodat qilganingizda, U sizni eshitadi. Muhtoj bo‘lganingizda, sizga yordam qo‘lini cho‘zadi. (Zb 18:19, 35) Qilgan xatolaringizni kechiradi. (1Yuh 1:9) Ha, Yahova haqiqiy Do‘st bo‘la oladi!

Qanday qilib Yahova bilan do‘stlashishingiz mumkin? Kalomini o‘qib, Uni tanib-biling. Unga pinhona tuyg‘ularingizni ishonib topshiring. (Zb 62:8; 142:2) Yahova kabi Uning O‘g‘lini, Shohligini va kelajakka nisbatan va’dalarini muhim deb bilib, qadrlayotganingizni ko‘rsating. Boshqalarga U haqda aytib bering. (Qn 32:3) Agar Yahova bilan yaqin do‘stlikni rivojlantirsangiz, U abadiy do‘stingiz bo‘lib qoladi. (Zb 73:25, 26, 28)

«YOSHLAR, TOTIB KO‘RING VA SHUNDA YAHOVA YAXSHI EKANINI BILIB OLASIZ» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Yahovaga bag‘ishlanib, suvga cho‘mish uchun qanday tayyorlana olasiz?

  • Qay yo‘sin jamoatdagilar Yahovaga xizmat qilishingizga yordam berishi mumkin?

  • Qanday qilib va’zgo‘ylik Yahova bilan munosabatlaringizni mustahkamlaydi?

  • Yahova bilan do‘stlik abadiy davom etishi mumkin!

    Siz xizmatning qaysi turlarida qatnasha olasiz?

  • Sizga Yahovaning qaysi jihatlari yoqadi?