«Bulardan ko‘ra meni ko‘proq yaxshi ko‘rasizmi?»
Qadimda mohir baliqchilar sabrli va mehnatkash bo‘lib, ko‘p baliq ovlash ilinjida qiyinchiliklarga bardosh qilishga tayyor edilar. (w12-U 1.8. 18–20) Keyinchalik bunday xislatlar Butrusga mohir odam ovchisi bo‘lishda asqatgandi. Ammo Butrus nimani birinchi o‘ringa qo‘yishni aniqlab olishi lozim edi: o‘ziga yoqqan hunarnimi yoki Isoning izdoshlarini ma’nan oziqlantirish ishinimi?
Shohlik manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yish uchun hayotingizga qanday o‘zgarishlar kiritdingiz?