Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

5–11-may

HIKMATLAR 12

5–11-may

101-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Tirishqoqlik mukofotlanadi

(10 daq.)

Vaqtingizni befoyda narsalar ortidan quvishga sarflamang (Hk 12:11)

Astoydil mehnat qiling va mehnatkash bo‘ling (Hk 12:24; w16.06 30-sah., 6-xb.)

Tirishqoqligingiz uchun mukofot olasiz (Hk 12:14)

MASLAHAT. Agar tirishqoqlik bilan qilgan mehnatimiz boshqalarga qanday foyda keltirishi haqida o‘ylasak, qilgan mehnatimizdan mamnuniyat topamiz. (Hv 20:35; g21.1 8-sah., 1-xb.)

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Hk 12:16. Qanday qilib bu oyatdagi prinsip insonga qiyinchiliklar paytida chidamli bo‘lishga yordam beradi? (ijwyp 95-maqola, 10-, 11-xb.)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

(4 daq.) Hk 12:1–20 (th 5-dars)

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(2 daq.) UYMA-UY XIZMAT. (lmd 1-dars, 4-paragraf)

5. Suhbat boshlash

(3 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Muqaddas Kitob tadqiqini taklif qiling. (lmd 5-dars, 4-paragraf)

6. Qiziqishni rivojlantirish

(3 daq.) NORASMIY XIZMAT. Bolalari bor insonga veb-saytimizni ko‘rsating. (lmd 9-dars, 3-paragraf)

7. E’tiqodingizni tushuntirish

(3 daq.) Namoyish. ijwfq 3-maqola. Mavzu: «Faqat o‘z diningizni haq deb hisoblaysizmi?» (lmd 4-dars, 3-paragraf)

HAYOT TARZIMIZ

21-qo‘shiq

8. Iqtisodiy qiyinchiliklarni Yahovaning yordami bilan yenging

(15 daq.) Muhokama.

Siz ish topish, ishni yo‘qotish, hozir yoki yoshingiz o‘tganida kun kechirish uchun yetarlicha pul topa olmasligingiz haqida tashvishlanasizmi? To‘g‘ri, bu dunyodagi iqtisodiy vaziyat tezda o‘zgarishi mumkin. Ammo Yahova bizni shunga ishontiryaptiki, agar Uni birinchi o‘ringa qo‘ysak, U bizga doim, hatto vaziyatimiz to‘satdan o‘zgarib, ehtiyojlarimizni qondirish uchun yetarlicha pul ishlay olmaganimizda ham g‘amxo‘rlik qiladi. (Zb 46:1–3; 127:2; Mt 6:31–33)

«Yahova bizga doim g‘amxo‘rlik qilib kelyapti» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Fransisko birodarimizning misolidan nimani o‘rgandingiz?

1 Timo‘tiyga 5:8 ni o‘qing. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Qay yo‘sin bu oyat Yahova Unga topinadiganlardan iborat oilasining ehtiyojlariga otadek doim g‘amxo‘rlik qilishiga bo‘lgan ishonchingizni mustahkamlayapti?

Muqaddas Kitobga asoslangan quyidagi bir nechta prinsip sizga iqtisodiy qiyinchiliklarni yengishga yordam berishi mumkin:

  • Sodda hayot kechiring. Zaruratsiz qarz olishdan qoching va keraksiz xarajatlarni kamaytiring. (Mt 6:22)

  • Ta’lim olish va ish masalasiga kelganda, ma’naviy narsalarni birinchi o‘ringa qo‘yishingizga yordam beradigan qarorlar chiqaring. (Flp 1:9–11)

  • Kamtarin va moslashuvchan bo‘ling. Agar ishingizni yo‘qotsangiz, har qanday ishlarni, hatto boshqalarning nazarida past deb hisoblanadiganlarini ham qilishga tayyor bo‘ling. Bu sizga oilangizning ehtiyojlarini ta’minlashga yordam berishi mumkin. (Hk 14:23)

  • Hatto ko‘p narsaga ega bo‘lmasangiz-da, bor narsalaringizni boshqalar bilan bo‘lishishga tayyor bo‘ling. (Ibr 13:16)

9. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 57-qo‘shiq va ibodat