HAYOT TARZIMIZ
Badaningizni «go‘yo tikandek azoblayotgan» dardga qaramay, muvaffaqiyat qozona olasiz!
Oxirzamonning ushbu nihoyatda og‘ir vaqtlarida Xudoning barcha xizmatchilari tikandek sanchiladigan muammolar bilan duch kelishmoqda. (2Tm 3:1) Qay yo‘sin Yahovaga tayanib, bu muammolar bilan muvaffaqiyatli kurasha olamiz? Talita Alnashi va uning ota-onasi qanday qilib buning uddasidan chiqishganini bilish uchun, «Ko‘rlarning ko‘zlari ochiladi» nomli videoni tomosha qilib, quyidagi savollarga javob bering:
-
Talitani «go‘yo tikandek azoblayotgan» qanday dardi bor?
-
Muqaddas Kitobdagi qaysi va’dalar Talitaga va uning ota-onasiga ijobiy nuqtai nazarni saqlab qolishga yordam berdi?
-
Talitaga operasiya qilishganidan keyin, uning ota-onasi Yahovaga tayanganini qanday ko‘rsatgan?
-
Qay yo‘sin Talitaning ota-onasi uning qalbiga Xudoga bo‘lgan sevgini payvand qilish uchun tashkilotimiz taqdim etayotgan narsalardan to‘laqonli foydalangan?
-
Qay yo‘sin Talita badanini «go‘yo tikandek azoblayotgan» dardga qaramay, ma’nan o‘sayotganini ko‘rsatgan?
-
Talitaning misoli sizga nimasi bilan dalda berdi?