Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

17–23-mart

HIKMATLAR 5

17–23-mart

122-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)

ALLOH KALOMIDAGI XAZINALAR

1. Jinsiy axloqsizlikdan uzoqroq yuring

(10 daq.)

Jinsiy axloqsizlik vasvasali bo‘lishi mumkin (Hk 5:3; w00 15/7 29-sah., 1-xb.)

Jinsiy axloqsizlik tushkunlik va afsuslanishga olib keladi (Hk 5:4, 5; w23.06 22–23-sah., 9-, 10-xb.)

Jinsiy axloqsizlikdan uzoqroq yuring (Hk 5:8; w15 15/6 15–16-sah., 8–10-xb.)

Singlimiz undan telefon raqamini so‘rayotgan bolaga rad javobini beryapti

2. Ma’naviy marvaridlar

(10 daq.)

  • Hk 5:18, 19. Yahova jinsiy munosabatlarga qanday nuqtai nazarda? (lff 41-dars, 1-paragraf)

  • Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?

3. Muqaddas Kitob qiroati

(4 daq.) Hk 5:1–23 (th 5-dars)

XIZMATDA FAOL BO‘LING

4. Suhbat boshlash

(3 daq.) JAMOAT JOYLARIDA VA’Z QILISH. Muqaddas Kitob bilan notanish bo‘lgan yoki unga ishonmaydigan insonni Qutlug‘ Kechlik marosimiga taklif qiling va unga yaqin joyda bu marosim qayerda o‘tishini bilish uchun jw.org saytidan foydalaning. (lmd 6-dars, 4-paragraf)

5. Qiziqishni rivojlantirish

(4 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Oldingi safar Qutlug‘ Kechlikka taklifnomani olgan va qiziqish ko‘rsatgan insonga takroriy tashrif qiling. (lmd 9-dars, 5-paragraf)

6. Shogird tayyorlash

(5 daq.) lff 16-dars, «Xulosa», «Takrorlash» va «Maqsad». Tadqiq o‘tuvchi Iso payg‘ambarning ko‘rinishi qanday bo‘lgani haqida so‘rasa, bu savolga qay yo‘sin javob topish mumkinligini ko‘rsating. (lmd 11-dars, 4-paragraf)

HAYOT TARZIMIZ

121-qo‘shiq

7. Uchrashish paytida axloqan pok qolish uchun nima qila olasiz?

(15 daq.) Muhokama.

Odatda «uchrashish» so‘zi ostida bir-birini yoqtiradigan qiz va yigit (yoki ayol va erkak) birga vaqt o‘tkazishi tushuniladi. Ko‘pincha ular buni yakkama-yakka qolib yoki boshqa odamlar orasida, yuzma-yuz ko‘rishib, telefonda gaplashib yoki SMSlar jo‘natib, ochiqchasiga yoki yashirincha qilishadi. Lekin Yahovaning Shohidlari sifatida biz uchrashishni shunchaki vaqtichog‘lik deb emas, turmush qurishga yetaklaydigan jiddiy qadam deb bilamiz. Shunday ekan, agar siz uchrashayotgan bo‘lsangiz, axloqan pok qolish uchun nima qila olasiz? (Hk 22:3)

«Nikohga tayyorgarlik (1-qism). Uchrashishga tayyormanmi? (videolavha)» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Nima uchun inson turmush qurishga moddiy, ma’naviy va hissiy tomonlama tayyor bo‘lgandagina uchrashishni boshlashi kerak? (Hk 13:12; Lq 14:28–30)

  • Lilining ota-onasi qiziga yordam berish uchun qo‘llagan usuli sizga nimasi bilan yoqdi?

Hikmatlar 28:26 ni o‘qing. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Uchrashayotganlar jinsiy axloqsizlikka yetaklashi mumkin bo‘lgan vaziyatlardan qochish uchun nima qila olishadi?

  • Nima uchun uchrashayotganlar bir-biriga sevgini namoyon etish, masalan, qo‘l ushlashish va o‘pishishga kelganda o‘zlari uchun qanday chegaralar o‘rnatish kerakligini oldindan muhokama qilishsa, oqilona bo‘lardi?

Efesliklarga 5:3, 4 ni o‘qing. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:

  • Uchrashayotganlar telefon yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashganda nimadan ehtiyot bo‘lishlari darkor?

8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi

Xotima so‘zlari (3 daq.) | 3-qo‘shiq va ibodat