Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Yahova nima deb o‘ylaydi?

Yahova nima deb o‘ylaydi?

Katta-yu kichik qarorlar chiqarishdan oldin o‘zimizdan: «Yahova nima deb o‘ylaydi?» — deb so‘raymizmi. Garchi Yahovaning hamma fikrlarini oxirigacha bila olmasak ham, U bizni «har bir yaxshi ishga» tayyorlash uchun O‘z Kalomi orqali yetarlicha ma’lumot bermoqda. (2Tm 3:16, 17; Rm 11:33, 34) Iso Yahovaning irodasi qanday ekanini aniq anglab yetgan va uni hayotida birinchi o‘ringa qo‘ygan. (Yuh 4:34) Ilohim, Isoga taqlidan biz ham Yahovaga sharaf keltiradigan qarorlar chiqarish uchun jon kuydiraylik. (Yuh 8:28, 29; Ef 5:15–17)

«YAHOVANING IRODASI QANDAY EKANINI ANGLASHDA DAVOM ETINGLAR (LV 19:18)» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Nega Muqaddas Kitob prinsiplarini hayotimizda qo‘llashimiz lozim?

  • Musiqa tanlash masalasida qaysi Muqaddas Kitob prinsiplarini qo‘llashimiz darkor?

  • Kiyinish va pardoz uslublarini tanlayotib, qaysi Muqaddas Kitob prinsiplarini qo‘llashimiz kerak?

  • Muqaddas Kitob prinsiplarini hayotimizning yana qaysi sohalarida qo‘llashimiz lozim?

  • Yahovaning irodasini anglash qobiliyatimizni qay yo‘sin rivojlantirishimiz mumkin?