Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Yahovaga shodlik ila hamdu sanolar kuylang

Yahovaga shodlik ila hamdu sanolar kuylang

Pavlus va Sila qamoqda bo‘lishganida Yahovaga shodlik ila hamdu sanolar kuylashgan. (Hv 16:25) Shubhasizki, ular qo‘shiqlar kuylash orqali bardosh qilish uchun kuch topa olishgan. Biz haqimizda-chi, nima desa bo‘ladi? Yig‘ilishlarimizda kuylanadigan va boshqa qo‘shiqlar ruhimizni ko‘tarib, sinov paytida sadoqatli qolishimizga yordam bera oladi. Eng muhimi esa, ular Yahovaga sharaf keltiradi. (Zb 28:7) Yetakchi kengash bizni hech bo‘lmasa ayrim qo‘shiqlarning matnini yod olishga chorlayapti. Siz qo‘shiqlarimizni yodlab ko‘rdingizmi? Masalan, oilaviy topinish paytida qo‘shiqlarni kuylab, ularning matnini yodlashimiz mumkin.

«BOLALAR SHODLIK ILA YAHOVAGA HAMDU SANOLAR KUYLAMOQDA» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Hamdu sano qo‘shiqlarini kuylash bizga qanday ta’sir qiladi?

  • Audio-video bo‘limlar ovoz yozish jarayoni uchun qanday tayyorgarlik ko‘rishadi?

  • Qay yo‘sin bolalar va ularning oilalari ovoz yozish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rishadi?

  • Qaysi hamdu sano qo‘shiqlarini yaxshi ko‘rasiz va nega?