Alloh Kalomiga asoslangan va bir ovozdan qabul qilingan qaror
Quyidagi masala qay tarzda hal qilinganidan nimani o‘rgansak bo‘ladi?
15:1, 2. Kamtar va sabr-toqatli bo‘ling. Pavlus bilan Barnabo masalani o‘zlari hal qilishning o‘rniga, Yahovaning tashkilotidan yo‘l-yo‘riq izlashgan.
15:28, 29. Yahovaning tashkilotiga ishoning. Jamoatdagilar Yahova masalani O‘zining muqaddas ruhi va Iso Masih orqali yo‘naltirishiga amin edilar.
16:4, 5. Itoatli bo‘ling. Jamoatlar yetakchi kengashning yo‘l-yo‘rig‘iga amal qilganida gullab-yashnagan.