HAYOT TARZIMIZ
«Soxta xudolarning butlarini yo‘q qiling»
Yoqub yashagan paytda Yahova hali butparastlikka qarshi qonun bermagan edi. Lekin shunga qaramay, Yoqub Yahova mutlaq sadoqat ko‘rsatishimizga munosib ekanini bilardi. (Chq 20:3–5) Shuning uchun, Yahova Yoqubga Baytilga qaytishni aytganida, Yoqub u bilan birga ketayotganlarga soxta xudolarning butlarini yo‘q qilishni buyuradi. Keyin Yoqub ushbu butlarni, jumladan, sirg‘alarni ham yo‘q qiladi, zero o‘shanda ular tumor sifatida taqilganga o‘xshaydi. (Ibt 35:1–4) Shak-shubhasizki, Yahova Yoqubning xatti-harakatlaridan mamnun edi.
Qanday qilib bugungi kunda Yahovaga bo‘lgan mutlaq sadoqatimizni ko‘rsata olamiz? Avvalambor, butparastlik yoki sehr-jodu bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday narsadan qochishimiz kerak. Bunga okkultizm, ya’ni sirli, g‘ayritabiiy kuchlar mavjudligiga ishonish bilan bog‘liq har qanday narsadan qutulish va qaysi o‘yin-kulgi turi bilan qiziqayotganimizni sinchkovlik bilan tekshirish kiradi. Masalan, o‘zingizdan shunday so‘rab ko‘ring: «Menga vampirlar, zombilar yoki g‘ayritabiiy kuchlar haqidagi kitoblar yoki kinolar yoqadimi? Men tanlagan o‘yin-kulgi turlari sehr-jodu, afsungarlik yoki issiq-sovuq qilishni ziyonsiz ko‘ngilxushlik qilib ko‘rsatadimi?» Biz Yahova nafratlanadigan har qanday narsadan uzoqroq yurishimiz kerak. (Zb 97:10)
«IBLISGA QARSHI TURINGLAR» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Palesa ismli qiziquvchi hayotida qanday muammoga duch keldi?
-
Nega jinlar hujumi bilan bog‘liq vaziyatlarda oqsoqollardan yordam izlash oqilonadir?
-
Yahova bizni himoya qilishini istasak, qaysi narsalardan butunlay voz kechishimiz kerak?
-
Palesa nima qilishga qaror qildi?
-
Jinlar ta’siri bilan bog‘liq mahalliy urf-odatlardan qanday qocha olasiz?