8–14-aprel
ZABUR 26–28
34-qo‘shiq va ibodat | Kirish so‘zlari (1 daq.)
1. Dovud Yahovaga sodiq qolish qarorida qat’iy turish uchun nima qilgan?
(10 daq.)
Dovud Yahovadan yaxshiroq inson bo‘lishga ko‘maklashishini so‘ragan (Zb 26:1, 2; w13 15/3 10-sah., 10-, 11-xb.; w20.02 17-sah., 9-xb.)
Dovud yomon odamlardan yiroqda yurgan (Zb 26:4, 5; w18.10 9-sah., 15-xb.; ijwyp 42-maqola, 21-xb.)
Yahovaga topinish Dovudning jon-u dili bo‘lgan (Zb 26:8; w16.04 19–22-sah., 6-, 13-, 18-xb.)
Garchi Dovud xatolar qilgan bo‘lsa-da, u «sofdillik ila» yurgan. (3Shh 9:4) Dovudning sofdillik bilan yurgani Yahovani sevib, Unga butun qalbi bilan sodiq bo‘lganida ko‘ringan.
2. Ma’naviy marvaridlar
(10 daq.)
-
Zb 27:10. Yaqinlarimiz bizni tashlab ketganday tuyulganida bu oyat bizga qanday dalda berishi mumkin? (w06 15/7 8-sah., 15-xb.)
-
Bu haftadagi Muqaddas Kitob mutolaasi paytida topgan qanday ma’naviy marvaridlar bilan bo‘lishmoqchisiz?
3. Muqaddas Kitob qiroati
(4 daq.) Zb 27:1–14 (th 2-dars)
4. Suhbat boshlash
(2 daq.) UYMA-UY XIZMAT. «Ta’lim berish “qutimizdagi” asboblar» sirasiga kiruvchi biron buklamadan foydalaning. (th 3-dars)
5. Qiziqishni rivojlantirish
(4 daq.) UYMA-UY XIZMAT. Siz uy egasiga oldingi safar qoldirgan buklamaning orqa tarafidagi savolni muhokama qiling. Keyin jw.org saytiga kirib, u yerda nimalarni topish mumkinligini biron misolda ko‘rsating. (lmd 9-dars, 3-paragraf)
6. Nutq
(5 daq.) lmd A ilova, 3-haqiqat. Mavzu: «Yer yuzi toza bo‘ladi va jannatga aylanadi». (th 13-dars)
128-qo‘shiq
7. Axloqiy poklikni saqlayotgan o‘smirlar
(15 daq.) Muhokama.
Masihiy yoshlar axloqiy poklikni saqlash uchun kurash olib borishlari kerak. Chunki ular nomukammal, qolaversa, yoshlik paytida jinsiy aloqa qilish istagi juda kuchli bo‘lishi hamda to‘g‘ri ishlar qilishga xalaqit berishi mumkin. (Rm 7:21; 1Kr 7:36) Shuningdek, boshqalar yoshlarni o‘zga va bir jinsdagi odamlar bilan jinsiy aloqa qilishga undashganida, ular bu to‘xtovsiz bosimga qarshi turishlari kerak. (Ef 2:2) Biz axloqiy poklikni saqlayotgan yoshlar bilan faxrlanamiz.
«O‘smirligim. Jinsiy aloqa qilish bosimiga qanday qarshi tura olaman?» nomli VIDEONI qo‘yib bering. Keyin tinglovchilardan shunday so‘rang:
-
Kori va Kemringa tengdoshlari qanday bosim o‘tkazishgan?
-
Ularga benuqsonlikni saqlashga nima yordam bergan?
-
Shunga o‘xshash vaziyatlarga duch kelganingizda Muqaddas Kitobdagi qaysi prinsiplar sizga ko‘maklashishi mumkin?
8. Jamoat bilan Muqaddas Kitob tadqiqi
(30 daq.) bt 8-bob, 5–12-xb.