Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Taxminiy suhbatlardan qanday foydalansa bo‘ladi?

Taxminiy suhbatlardan qanday foydalansa bo‘ladi?

Birodarlar taxminiy suhbatlarni tayyorlash uchun ter to‘kib mehnat qilishyapti. Va’zgo‘ylar esa bu suhbatlarni o‘z hududida qo‘llab, ular samarali ekaniga amin bo‘lishyapti. Lekin dunyo bo‘ylab vaziyat har xil. Shunga va’zgo‘ylar xizmatida boshqacha yondashuvdan foydalanishlari yoki mahalliy odamlarni ko‘proq qiziqtiradigan mavzuda suhbatlashishlari mumkin. Albatta, barcha va’zgo‘ylar maxsus kampaniya uchun beriladigan yo‘l-yo‘riqlarga amal qilishi kerak. Maqsadimiz Isoning topshirig‘ini bajarish, ya’ni Shohlik haqidagi xushxabarni va’z qilishdan iborat. (Mt 24:14)

Topshiriq bilan chiqadigan va’zgo‘ylar «Hayot tarzimiz va xizmatimiz. Ta’lim dasturi»dagi taxminiy suhbat mavzusini muhokama qilishlari darkor. Ammo agar topshiriqda boshqacha ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa, va’zgo‘ylar mahalliy hududda ko‘proq samara keltiradigan savol, oyat, ochiq savol yoki vaziyatni tanlashlari mumkin. Bu — «Ta’lim dasturi»ning 2020-yil iyun soni 8- sahifasidagi yo‘l-yo‘riqlarga kiritilgan o‘zgarishdir.