Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

HAYOT TARZIMIZ

Nikohingizni asrab-avaylang

Nikohingizni asrab-avaylang

Yahova nikoh ahdiga juda jiddiy qaraydi. U er va xotin bir-biriga bog‘lanib qolishi kerakligini aytgandi. (Mt 19:5, 6) Xudoning xalqi orasida ko‘plab baxtli juftliklarni topsa bo‘ladi. Lekin gap shundaki, hech bir nikoh mukammal emas. Muammolar baribir chiqib turadi. Aksariyat odamlar alohida yashash va ajrashish nikohda yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga yordam beradi, deb o‘ylashadi. Ammo biz bu fikrni o‘zlashtirmasligimiz kerak. Xo‘sh, qay yo‘sin masihiy juftliklar nikohini asrab-avaylashlari mumkin?

Bunda asqatuvchi beshta muhim qadamni ko‘rib chiqaylik.

  1. Noz-karashma va axloqsiz o‘yin-kulgilar kabi narsalarni rad etib, qalbingizni asrang. Sababi, bunday narsalar nikohga salbiy ta’sir qiladi. (Mt 5:28; 2Btr 2:14)

  2. Alloh bilan do‘stlik rishtalaringizni mustahkamlang va nikohingiz Unga ma’qul bo‘lishi uchun jon kuydiring. (Zb 97:10)

  3. Yangi o‘zlikni kiyib olish uchun uzluksiz harakat qiling va hatto kichik bo‘lsa ham, mehringizdan dalolat beruvchi hamda turmush o‘rtog‘ingizning hayotini yengillashtiruvchi ishlar qiling. (Kls 3:8–10, 12–14)

  4. Turmush o‘rtog‘ingiz bilan muntazam ravishda, hurmat ila va bir-biringiz uchun muhim bo‘lgan mavzular haqida suhbatlashing. (Kls 4:6)

  5. Mehr ila turmush o‘rtog‘ingizga tegishli haqni bering. (1Kr 7:3, 4; 10:24)

Agar masihiylar nikohni qadrlashsa, uning Asoschisi bo‘lmish Tangri Yahovaga hurmat ko‘rsatgan bo‘lishadi.

«“CHIDAM BILAN CHOPISHIMIZ” KERAK — QOIDALARGA RIOYA QILING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • Turmush yaxshi boshlangan taqdirda ham, qanday qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin?

  • Qay yo‘sin Muqaddas Kitobdagi prinsiplar nikohda o‘zini baxtsiz his qilayotganlarga yordam bera oladi?

  • Nikohda baxtga erishish uchun Muqaddas Kitobdagi prinsiplarni qo‘llang

    Yahova nikohga oid qanday qonun-qoidalar bergan?

  • Oilaviy hayot muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun turmush o‘rtoqlardan nimalar kutiladi?