XIZMATDA FAOL BO‘LING | XIZMATDA KO‘PROQ QUVONCH TOPING
Qiziquvchilarga ma’nan oziqlanishni o‘rgating
Qiziquvchilar ma’naviy ehtiyojlarini qondirish va ma’nan yetuk bo‘lish uchun biz bilan tadqiqda o‘rganayotgan haqiqatlardan ko‘prog‘ini bilib olishlari kerak. (Mt 5:3; Ibr 5:12–6:2) Shuningdek, ular qay yo‘sin o‘zlarini ma’nan oziqlantirishni o‘rganishlari lozim.
Muqaddas Kitobni o‘rganayotganlarga boshidanoq tadqiqqa qanday tayyorgarlik ko‘rish kerakligini ko‘rsating va ularni shunday qilishga chorlang. (mwb18.03 6) Ularni har safar shaxsiy tadqiq o‘tkazishdan oldin ibodat qilishga undang. Qiziquvchilarga tadqiq o‘tkazishga mo‘ljallangan elektron qo‘llanmalarni topishni va ulardan foydalanishni o‘rgating. Qolaversa, jw.org sayti va JW Internet-televideniesida nima qo‘shilganini qanday kuzatib borishni tushuntiring. Ularga har kuni Muqaddas Kitobni o‘qishni, yig‘ilishlarga tayyorlanishni va savollariga javob topish uchun izlanish o‘tkazishni o‘rgating hamda o‘rganayotganlari ustida mulohaza yuritishga ko‘maklashing.
«MUQADDAS KITOBNI O‘RGANAYOTGANLARGA MA’NAN OZIQLANISHGA KO‘MAKLASHING» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:
-
Qay yo‘sin Nita Jeydga Muqaddas Kitob tadqiqi savollarga javob topishdan ko‘proq narsani o‘z ichiga olishini tushunishga ko‘maklashdi?
-
Yahova jinsiy axloqsizlikni taqiqlab, to‘g‘ri qilganini tushunishga Jeydga nima yordam berdi?
-
Jeyd mulohaza yuritish to‘g‘risida qanday fikrga keldi?