Maxfiylik sozlamalari

Veb-saytimizdan foydalanish sizga yetarlicha qulay bo‘lishi uchun biz cookie fayllari va shunga o‘xshash texnologiyalardan foydalanamiz. Ba'zi cookie fayllar veb-saytimiz ishlashi uchun zarur va ularni rad etib bo‘lmaydi. Siz qo‘shimcha cookie fayllardan foydalanishni qabul qilishingiz yoki rad etishingiz mumkin. Biz ularni saytdan foydalanish sizga qulay bo‘lishi uchungina ishalatamiz. Ushbu cookie fayllardagi ma'lumotlar hech kimga sotilmaydi va reklama hamda marketing maqsadlarida ishlatilmaydi. Ko‘proq ma'lumotni Global Policy on Use of Cookies and Similar Technologies saytidan topishingiz mumkin. Istalgan paytda cookie sozlamalarini o‘zgartirsangiz bo‘ladi. Buning uchun Privacy Settings sahifasiga o‘ting.

Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Bir oila favqulodda vaziyat uchun oziq-ovqat, suv va boshqa zaruriy narsalarni uyida g‘amlab qo‘yyapti.

HAYOT TARZIMIZ

«Oxirzamonning» so‘nggi kunlarida tayyor turing

«Oxirzamonning» so‘nggi kunlarida tayyor turing

«Oxirzamonning» so‘nggi kunlarida yashayotgan ekanmiz, muammolar ko‘payayotganidan hayron qolmaymiz. (2Tm 3:1; Mt 24:8) Tabiiy ofat yuz berganida, odatda Yahovaning xalqi o‘z vaqtida beriladigan va hayotni saqlab qolishga ko‘maklashadigan yo‘l-yo‘riqlar oladi. Tabiiy ofat paytida omon qolish-qolmasligimiz hozirning o‘zida itoatkorlikni namoyon etib, ham ma’nan, ham jismonan tayyorgarlik ko‘rishimizga bog‘liq bo‘lishi mumkin. (Lq 16:10)

  • Ma’nan tayyorgarlik ko‘ring. Muqaddas Kitobni muntazam o‘qishni va shaxsiy tadqiq o‘tkazishni odat tusiga kiriting. Va’z qilishning turli usullarini o‘rganing. Hatto imondoshlar bilan muloqot qilish imkonidan ayrilib qolsangiz ham, vahimaga tushmang. (Isha 30:15) Shuni unutmangki, Yahova hamda O‘g‘li Iso Masihdan sizni hech narsa ajrata olmaydi. (od 176-sah., 15–17-xb.)

  • Jismonan tayyorgarlik ko‘ring. Davomli vaqt mobaynida pana joyda yashirinishga to‘g‘ri keladigan vaziyatlarga tayyor bo‘lish maqsadida hozirlik sumkasidan tashqari, oilangizning har bir a’zosi uchun oqilona miqdorda oziq-ovqat, suv, dori-darmonlar va shunga o‘xshash zaruriy narsalarni g‘amlab qo‘ying. (Hk 22:3; g17.5-U 4, 6)

«TABIIY OFATLARGA TAYYORGARLIK KO‘RDINGIZMI?» NOMLI VIDEONI TOMOSHA QILGACH, QUYIDAGI SAVOLLARGA JAVOB BERING:

  • «Tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rdingizmi?» nomli videodan lavha. Bir birodar Muqaddas Kitob o‘qiyapti.

    Qay yo‘sin tabiiy ofatga ma’nan tayyorgarlik ko‘ra olamiz?

  • «Tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rdingizmi?» nomli videodan lavha. Rasmda tabiiy ofat uchun hozirlik sumkasi, telefon raqamlar yozilgan qog‘ozcha va favqulodda vaziyatda oila a’zolarining uchrashish joyi belgilangan xarita ko‘rsatilgan.

    Nega quyidagilar muhim ekanini tushuntiring:

    • oqsoqollar bilan yaqindan hamkorlik qilib turish

    • tabiiy ofat uchun hozirlik sumkasiga ega bo‘lish

    • qaysi tabiiy ofatlar yuz berishi mumkinligini va har bir vaziyatda qanday yo‘l tutish kerakligini muhokama qilish

  • «Tabiiy ofatlarga tayyorgarlik ko‘rdingizmi?» nomli videodan lavha. Rasmlar to‘plami: Tabiiy ofatga duch kelganlarga yordam berishning yo‘llari. 1. Birodar ular uchun ibodat qilyapti. 2. Birodarlar tabiiy ofatlardan zarar ko‘rganlarga ko‘maklashishyapti. 3. Birodar umumjahon faoliyatimizga xayr-ehson qilyapti.

    Tabiiy ofatlarga duch kelganlarga yordam berishning qanday uchta yo‘li bor?

O‘ZINGIZDAN SO‘RANG: «Tayyorgarlik ko‘rish borasida COVID-19 pandemiyasidan qanday saboq chiqarishim mumkin?»