Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

TASHKILOTIMIZ ARXIVIDAN

Yangi Zelandiyadagi Yahovaning Shohidlarini tinchliksevar va xudojo‘y masihiy deb hisoblashganmi?

Yangi Zelandiyadagi Yahovaning Shohidlarini tinchliksevar va xudojo‘y masihiy deb hisoblashganmi?

1940-yili 21 oktabrda Yangi Zelandiyada Yahovaning Shohidlari jamiyat uchun xavfli va qo‘poruvchi tashkilot deb tan olingandi. Buning dastidan paydo bo‘lgan anchagina qiyinchiliklar ularni to‘xtata olmadi. Masalan, ular tintuv qilinish va hibsga olinish xavfi ostida ham jamoat yig‘ilishlarini o‘tkazishardi.

Yahovaning Shohidi bo‘lmagan Andi Klark Yahovaning Shohidi bo‘lgan xotini Merining jamoatlarga borish qarorini ko‘rgan. Andi xotini hibsga olinishidan qo‘rqqardi. Garchi, u Yahovaning Shohidi bo‘lmasa ham, Meri bilan yig‘ilishlarga boradigan bo‘lib, shunday dedi: «Xo‘sh, ular sizni hibsga olishsa, meni ham birga olib ketishadi». O‘shandan beri xotini bilan hamma uchrashuvlarga borardi. Vaqt o‘tib u ham Yahovaning Shohidi sifatida suvga cho‘mdi. Meri Ikkinchi jahon urushi paytida Yangi Zelandiyada ta’qiblar ostida sabr-bardosh qilib kelgan ko‘pgina Yahovaning Shohidlaridan biridir.

Ozodlikdan mahrum etilish

Bir kuni polisiya xodimlari 78 yoshli Jon Marri ismli imondoshimizni uyma-uy yurib, Muqaddas Kitob haqida suhbatlashayotganda to‘xtatishdi. Sud uni qo‘poruvchi tashkilotning faoliyatiga daxldor deb tan oldi. Ko‘pgina Yahovaning Shohidlari sudga tortilgan edi. Ba’zilariga jarima solingan va ayrimlari uch oygacha qamoqqa tashlangandi.

Yahovaning Shohidlari Muqaddas Kitob asosida tarbiyalangan vijdoni tufayli harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortishgan. (Ishayo 2:4) Natijada, urush paytida ko‘plari harbiy kuchlarga qo‘shilishga chaqirilganda jiddiy qiyinchiliklarga duchor bo‘lishgan. Ular urush tugamaguncha maxsus lagerlarda o‘tirishi kerak edi. Taxminan 80 ta Yahovaning Shohidi shunday lagerlarga jo‘natilgan. U yerda ham birodarlarimiz qo‘pol munosabat va izg‘irin qishga qaramay, Yahovaga quvonch ila topinishda davom etishgan.

Yahovaning Shohidlari o‘sha lagerlarda jamoatlar tashkillashtirib, muntazam ravishda yig‘ilishlar o‘tkazishardi va boshqa mahbuslarga va’z qilishardi. Ular jamoatda bo‘lgani kabi, muntazam ravishda uchrashuvlarni va boshqa mahbuslarga va’z qilish yo‘llarini tashkillashtirishardi. Ba’zi lagerlarda soqchilar nazorati ostida hatto anjumanlar o‘tkazilishi ruxsat berilgan edi. Ba’zi mahbuslar Muqaddas Kitobdagi haqiqatlarni o‘rganib, u yerda suvga cho‘mishgan.

Yahovaning Shohidlari lagerlarda Voizlik maktabini o‘tkazishyapti

Yuqorida tilga olingan Meri va Andining kenja o‘g‘li, Bryus lagerda bo‘lishni Xudo haqida ko‘proq bilib olish imkoniyati deb bilgan. U shunday degan: «Lager men uchun o‘zgacha maktab edi. Tajribali birodarlar bilan chuqur fikrlarni muhokama qilib, ulardan ko‘p narsalarni o‘rganardim».

1944-yili hukumat tomonidan ba’zilarni maxsus lagerlardan ozod etish masalasi ko‘rib chiqilgan edi. Biroq yuqori harbiy mansabdagi xodimlar bunga qarshi edi. Chunki Yahovaning Shohidlarini ozod etishsa, ular boshqalarga va’z qilishda davom etishadi, deb hisoblashgan. Bir hisobotda: «Bundaylarni ozodlikdan mahrum etish — mutaassib bo‘lgan shu kabi odamlarni to‘xtatib turish demakdir, axir ularni o‘zgartirish imkonsiz»,— deb aytilgan.

Jamiyat uchun xavfli emas

Yahovaning Shohidlari quvg‘unlarga duch kelgani matbuotda keng yoritilgan edi va ba’zilar ularning e’tiqodiga qiziqish ko‘rsata boshlagan. Vaqt o‘tib, ko‘plar Yahovaning Shohidlari jamiyat uchun hech qanday xavf tug‘dirmasligini va ular ziyonsiz, tinchliksevar ekanini tushunishgan. Shuni aytish joizki, Yangi Zelandiyadagi Yahova Shohidlarining soni 1939-yili 320 dan 1945-yili 536 gacha o‘sgan edi.

Vaqti-vaqti bilan, sog‘lom fikr yuritadigan ba’zi hukumat xodimlari Yahovaning Shohidlari taqiq ostida bo‘lganini nohaqlik, deb tan olishardi. Bir sudya va’z qilgan bitta birodarimizga qarshi qo‘yilgan ayblovlarni ko‘rib chiqqach, ishni yopgan edi. U: «Muqaddas Kitobni tarqatish qanaqasiga jinoyat bo‘lishi mumkin?! Bu aqlsizlik. Menimcha, bu umuman qonunga to‘g‘ri kelmaydi»,— degan.

Urush yakunida taqiq man etilganda, Yahovaning Shohidlari Xudoning Shohligi haqida har qachongidan ham ko‘proq boshqalarga aytishga qat’iy qaror qilishgan. 1945-yili Yangi Zelandiyadagi barcha jamoatlar filialdan shunday xat olishgan: «Hamma bilan muloyim, do‘stona va mehribon bo‘ling. Bahslashishdan va tortishishdan qoching. Unutmangki, biz uchratadigan insonlar o‘z e’tiqodiga chin dildan ishonib, bunga muvofiq yashashga intilishadi. [...] Ularning aksariyati Hazratimizning “qo‘ylari”, biz ularni Yahova hamda Uning Shohligi tomon yo‘naltirishimiz kerak».

Bugungi kunda Yangi Zelandiyadagi Yahovaning Shohidlari Muqaddas Kitobdagi xabarni mahalliy aholi va sayyohlar bilan bo‘lishib kelmoqda. Bir safar, Tauranga shahrida deyarli bir necha soat ichida 4 ta Yahovaning Shohidi 17 mamlakatdan kelgan 67 ta sayyohga va’z qila olgan.

Shunisi aniqki, Yangi Zelandiyadagi odamlar Yahovaning Shohidlarini tinchliksevar va xudojo‘y masihiylar sifatida Muqaddas Kitobni hurmat qilishadi deb qabul qilishadi. Har yili yuzlab kishilar Yahovaning Shohidlari sifatida suvga cho‘madi. 2019-yilga kelib ularning soni 14 000 dan oshdi.

1949-yili yig‘ilgan birodarlarimiz. Ular betaraflik saqlashgani uchun maxsus lagerlarda o‘tirishgan.

1940-yili taqiq kuchga kirgandan keyin Yahovaning Shohidlari Muqaddas Kitobni tadqiq qilish uchun yig‘ilish o‘tkazishyapti

1949-yili yig‘ilgan birodarlarimiz. Ular betaraflik saqlashgani uchun maxsus lagerlarda o‘tirishgan.

Shimoliy oroldagi lagerda bir kishi uchun mo‘ljallangan yog‘och uylar (Yangi Zelandiya)

1949-yili yig‘ilgan birodarlarimiz. Ular betaraflik saqlashgani uchun maxsus lagerlarda o‘tirishgan.

Shimoliy oroldagi Xautu lageri (Yangi Zelandiya)

1949-yili yig‘ilgan birodarlarimiz. Ular betaraflik saqlashgani uchun maxsus lagerlarda o‘tirishgan.

Betaraflik saqlagani uchun lagerda o‘tirib chiqqan Yahovaning Shohidlari (1949-yili)