65-QO‘SHIQ
Olg‘a bos!
-
1. Olg‘a bos, olg‘a bos yetuklik tomon!
Haqiqat nurini jon-jahding-la yoy mudom.
Xizmatda bo‘l mohir, Tangriga ishon,
U yo‘ling qilgay ravon.
Ergashib xizmatda Isoga,
Yetasan bu ishda kamolga.
Gar yurib haq yo‘ldan, tayansang Rabga,
U madad berar senga.
-
2. Olg‘a bos, olg‘a bos jasorat ila!
Har turli insonga va’z qil zo‘r g‘ayrat birla.
Yahova sha’niga xurramlik ila
Ayt hamdlar xalqi birla.
Yov solgay yurakka hadiklar,
Lekin qo‘rqma, e’lon et xabar.
Yer uzra Yah haqda jar solsang agar,
Do‘st bo‘lgay Unga bashar.
-
3. Olg‘a bos, olg‘a bos, hech bilmay tinim.
Xizmatda bo‘l faol,
avjida axir yig‘im.
So‘rasang Allohdan muqaddas ruhin,
Topasan shodlik konin.
Xudoni tanitib insonga,
Qaytadan bor uning oldiga.
Imonli bo‘lishda ber yordam unga,
Yoy Tangri nurin elga.
(Shuningdek, Filip. 1:27; 3:16; Ibron. 10:39 ga qarang.)