45-QO‘SHIQ
Qalbim o‘ylari
-
1. Tangrim, orzu-o‘yim bilan
Seni mamnun etay deyman.
To‘g‘ri yo‘ldan yurish uchun
Sog‘lom saqlay ongim har dam.
Tashvish qamrab olsa boshim,
Tunda qochsa halovatim,
Xayol qilay yaxshilikni,
Yodga olay Seni, Rabbim.
-
2. Nima halol, nima himmat,
Nima ezgu va haqiqat —
Bular haqda o‘ylab mudom,
Xotirjamlik topay albat.
Egam, yuksak xayollaring
Erur ummondek bepoyon.
Teran sho‘ng‘ib Kalomingga,
Izlay undan shoda marjon.
(Shuningdek, Zab. 49:3; 63:6; 139:17, 23; Filip. 4:7, 8; 1 Tim. 4:15 ga qarang.)