37-QO‘SHIQ
Yahovaga jon-jahd-la xizmat qilaylik
-
1. Yo Tangrim, buyuk Sultonsan,
Bor mehrimni Senga beraman.
Men xizmat qilib jon-jahd-la,
Tanho Senga tobe bo‘laman.
Zavq ila amring bajargayman,
U erur qalbim to‘rida.
(NAQAROT)
Yah, faqat O‘zing loyiqsan,
Bo‘lsin jonim Senga baxshida.
-
2. Yer, yulduz va oy yoygaydir,
Yo Yahova, shoning olamga.
Men sodiq bo‘lay ulardek
Va tanitay isming jahonga.
O‘tsin har kunim xizmating-la,
Rab, qolay mangu yodingda.
(NAQAROT)
Yah, faqat O‘zing loyiqsan,
Bo‘lsin jonim Senga baxshida.
(Shuningdek, Qonun. 6:15; Zab. 40:8; 113:1–3; Voiz 5:4; Yuhan. 4:34 ga qarang.)