36-QO‘SHIQ
Qalbingizni asrang
-
1. Asrang hayot bo‘lmish qalbni,
Tanlab to‘g‘ri yo‘lni.
Xudo ko‘rar har bir dilni,
Yaxshi bilar uni.
Goh-goh yurak ongni aldab,
Boshlar gunoh ishga.
Lek siz Haqdan idrok so‘rab,
Quloq soling Unga.
-
2. Ko‘ngil g‘amin Yahga to‘king,
Qilib qalbdan duo.
Mehri uchun rahmat ayting,
Har vaqt kuylab sano.
Rabning amrin dilga joylab,
Unga amal qiling.
Yahga mudom sodiq qolib,
Qalbin xursand eting.
-
3. Masih kabi dono bo‘ling,
Yomon o‘ydan qoching.
Alloh So‘zin har kun o‘qib,
Dalda va zavq oling.
Xudo sevar sodiq qulin,
Buni eslab qoling.
Astoydil va’z etib ismin,
Mangu do‘sti bo‘ling.
(Shuningdek, Zab. 34:1; Filip. 4:8; 1 Butr. 3:4 ga qarang.)