125-QO‘SHIQ
«Rahmdil bo‘lganlar baxtlidir»
-
1. Tangri shafqat nurin sochar,
Uni bunga sevgi undar.
U har kuni rizq-ro‘z berar,
Himmat qilib, quvonch topar.
Zor qalb fig‘on cheksa agar,
Alloh uni albat tinglar.
U mo‘l mehrin in’om etar,
Osiy bo‘lsak-da, lutf aylar.
-
2. Gunoh qilib, botsak g‘amga,
«Kechir meni»,— deymiz Rabga.
Iso o‘zi chorlab bunga,
Bergandi yo‘l-yo‘riq bizga.
Gar afv etsak o‘zga kasni,
Tangri ham afv etgay bizni.
Shunda qolmas qalbda gina,
Tinchlik bo‘lgay bizga oshna.
-
3. Biron narsa hadya etsak,
Buni dildan qilmoq kerak.
Axir bersak ixlos ila,
Inson to‘lgay shodlik birla.
Xudo saxiy dilni ko‘rar
Va bu uchun uni siylar.
Shafqat qilgan baxtli bo‘lar,
Rabni u g‘oyat shod aylar.
(Shuningdek, Mat. 6:2–4, 12–14 ga qarang.)