Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

116-QO‘SHIQ

Mehribon bo‘lishning xosiyati

Mehribon bo‘lishning xosiyati

(Efesliklarga 4:32)

  1. 1. Senga, Yahova, cheksiz tahsinlar

    Aytgaymiz chin qalbdan.

    Dono, mehribon, qodir ekaning

    O‘qib o‘rgandik So‘zingdan.

  2. 2. Ma’yus qalblarni taklif etmoqda

    Iso o‘zi tomon.

    Yuki eng yengil, orom bag‘ishlar,

    Axir u erur mehribon.

  3. 3. Savob olamiz, bo‘lsak mehribon

    Dushman-u yor-do‘stga.

    Tangri va O‘g‘li bunda namuna,

    Taqlid qilamiz ularga.