Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

100-QO‘SHIQ

Mehmondo‘st bo‘linglar

Mehmondo‘st bo‘linglar

(Havoriylar 17:7)

  1. 1. Erur Rab Yahova mehmondo‘st mezbon,

    U har kimga aylar mehrini in’om.

    Quyosh-u yomg‘irlar

    Himmat-la U berar

    Va ko‘p shodlik dilga baxsh etar.

    Farzand kabi olsak Tangridan o‘rnak,

    Xor-zor kimsa uchun yaxshilik qilsak,

    Alloh buni ko‘rar,

    Mudom yodda saqlar,

    Savob ishlar uchun taqdirlar.

  2. 2. Muhtoj insonlarga qo‘l cho‘zsak agar,

    Bu bir kun, ehtimol, mevasin berar.

    O‘zga yurtdan kelsa

    G‘arib va yot kimsa,

    Unga ham g‘amxo‘rlik qilamiz.

    Biz Lidiya kabi mehmondo‘st bo‘lsak,

    Shunda orom topar musofir yurak.

    Unga shafqat qilib,

    Iliq qarshi olib,

    Rabga taqlid etgan bo‘lamiz.