Zakariyo 13:1-9

  • Butlar va soxta payg‘ambarlar yo‘q qilinadi (1-6)

    • Soxta payg‘ambarlar uyalib qoladi (4-6)

  • Cho‘ponga zarba beriladi (7-9)

    • Uchdan bir qismi olovdan o‘tkaziladi (9)

13  O‘sha kuni Dovud xonadoni bilan Quddus aholisi gunohdan tozalanib, poklanishi uchun bir quduq qaziladi»+.  Qo‘shinlar Sarvari Yahova demoqda: «O‘sha kuni Men bu yerdan butlarning nomini o‘chirib tashlayman+ va ular hech qachon yodga olinmaydi. Soxta payg‘ambarlar+ bilan nopoklik ruhini ham bu yerdan yo‘q qilaman.  Agar biror kishi yana bashorat qilsa, uni dunyoga keltirgan ota-onasi unga: “Sen o‘lasan, chunki Yahovaning nomidan yolg‘on gaplarni aytyapsan”,— deydi. Bashorat qilgani uchun, uni dunyoga keltirgan ota-onasi uning badanini teshadi+.  O‘sha kuni har bir soxta payg‘ambar bashorat qilib aytgan vahiysidan uyalib qoladi. Aldash uchun ular junli kiyimini*+ kiymaydi.  Ularning har biri: “Men payg‘ambar emasman. Men bir dehqonman. Yoshligimda bir kishi meni qul qilib sotib olgan”,— deydi.  Agar kimdir ularning birortasidan: “Badaningizdagi* jarohatlar qayerdan paydo bo‘ldi?” — deb so‘rasa, u: “Bu jarohatlarni do‘stlarimning uyida orttirdim”,— deb javob beradi».   Qo‘shinlar Sarvari Yahova demoqda: «Ey qilich, cho‘ponimga+,Yaqinimga qarshi ko‘taril. Cho‘ponga zarba ber+, qo‘ylar tarqalib ketsin+.Men ahamiyatsiz bo‘lganlarga qarshi qo‘limni ko‘taraman».   Yahova aytmoqda: «Butun yer yuzidaOdamlarning uchdan ikki qismi qirilib yo‘q bo‘ladi.Uchdan bir qismi omon qoladi.   Uchdan bir qismini olovdan o‘tkazaman.Kumushni olovdan o‘tkazib tozalaganday, ularni tozalayman.Oltinni sinovdan o‘tkazganday, ularni sinayman+. Ular Mening ismimni chaqiradilar,Men esa ularga javob beraman. Men: “Ular Mening xalqim”+,— deyman. Ular esa: “Yahova bizning Xudoyimiz”,— deyishadi».

Izohlar

Yoki «payg‘ambarning kiyimini».
So‘zma-so‘z «qo‘llaringiz orasidagi». Ya’ni ko‘kragidagi yoki belidagi.