Zabur 98:1-9
-
Yahova Najotkor va odil Hakam
-
«Yahova O‘z najotini namoyon qildi» (2, 3)
-
Sano.
98 Yahovaga yangi qo‘shiq kuylang+,Chunki U ajoyib ishlar qildi+.
Uning o‘ng qo‘li, muqaddas bilagi najot keltirdi+.
2 Yahova O‘z najotini namoyon qildi+,Millatlar ko‘z o‘ngida adolatini oshkor etdi+.
3 U Isroil xonadoniga nisbatan mehr-sadoqati-yu vafosini yodga oldi+.
Butun yer yuzi Tangrimizning najotini ko‘rdi+.
4 Butun yer shodlik nidolari ila Yahovani maqtasin.
Xursand bo‘lsin, quvonchdan hayqirib madhlar kuylasin+.
5 Arfa chalib Yahovani tarannum etsin,Arfa va xushohang qo‘shiq bilan Uni tarannum etsin.
6 Karnaylar-u burg‘u bilan+Podshoh Yahova oldida shodlanib xitob qilsin.
7 Dengiz va uni to‘ldirib turgan barcha narsa,Yer va unda yashaydiganlar hayqirsin.
8 Daryolar qarsak chalsin,Tog‘lar ham qo‘shilib Yahova oldida quvonchdan xitob qilsin+.
9 Chunki U yerni hukm qilish uchun kelyapti.
U yer yuzi aholisini adolat ila+,Xalqlarni haqqoniyat ila hukm qiladi+.