Zabur 94:1-23
94 Ey, qasoskor Xudo Yahova+,Ey, qasoskor Tangri, nuringni soch!
2 Ey, yer yuzining Hakami+, ko‘taril.
Kekkayganlarga tegishli jazosini ber+.
3 Qachongacha, ey Yahova,Qachongacha yovuzlar tantana qiladi?!+
4 Ular mahmadonalik qilib, kekkayib gapiryapti.Yomonlik qiluvchilarning bari maqtanchoqlik qilyapti.
5 Ey Yahova, ular xalqingni ezib+,Mulkingga jabr-zulm o‘tkazyapti.
6 Beva-yu musofirni o‘ldirib,Yetimni qatl qilyapti.
7 Ular: «Yah* buni ko‘rmaydi+.Yoqubning Xudosi bunga e’tibor bermaydi»+,— deyapti.
8 Ey aqlsizlar, buni tushunib oling.Ey nodonlar, qachon buni fahmlab olasiz?!+
9 Quloqni yaratgan eshitmaydimi?
Ko‘zga shakl bergan ko‘rmaydimi?+
10 Millatlarga tarbiya bergan tanbeh bera olmaydimi?+
Axir U xalqlarga ta’lim beradigan Xudo-ku!+
11 Yahova insonning o‘y-fikrini biladi,Ularning bari behudadir+.
12 Ey Yah, baxtlidir Sen tarbiya bergan inson+,Baxtiyordir Sendan qonuningni o‘rgangan kishi+.
13 Yovuzlar chuqurga qulamaguncha,Musibat kunlarida unga xotirjamlik ato et+.
14 Yahova O‘z xalqini unutmaydi+,O‘z mulkini tark etmaydi+.
15 Qaytadan adolatli hukm chiqariladi,Dili to‘g‘ri hamma insonlar unga rioya qiladi.
16 Kim men uchun yovuzlarga qarshi chiqadi?
Kim yomonlik qiluvchilar oldida yonimni oladi?
17 Yahova yordamchim bo‘lmaganida edi,Umrim birpasda bitgan bo‘lardi+.
18 «Oyoqlarim toyib ketyapti»,— deb aytganimda,
Ey Yahova, mehr-sadoqating menga madad berib turardi+.
19 Tashvishlar girdobida qolganimda,Menga tasalli berib, ko‘nglimni ko‘tarding+.
20 Qonundan foydalanib yovuzlikni niyat qiladiganZolim hukmdorlar Senga sherik bo‘larmidi?+
21 Ular odil insonga ayovsiz hujumlar uyushtirib+,Aybsiz odamni o‘limga mahkum qiladi+.
22 Ammo Yahova mening xavfsiz boshpanam bo‘ladi,Allohim panoh qoyamdir+.
23 Yovuzliklarini o‘zlarining boshiga soladi+.
O‘z yovuzliklari orqali ularni yo‘q qiladi.
Tangrimiz Yahova ularni qirib tashlaydi+.
Izohlar
^ Yahova degan ismning qisqacha shakli.