Zabur 87:1-7

  • Sion haq Xudoning shahridir

    • Sionda tug‘ilganlar (4-6)

Ko‘rax o‘g‘illari sanosi+. Qo‘shiq. 87  Xudo shahrining poydevori muqaddas tog‘lar ustidadir+.   Yahova Sion shahrini+Yoqubning barcha chodirlaridan ko‘ra ko‘proq sevadi.   Ey, haq Tangrining shahri, sen haqingda ajoyib so‘zlar aytilgan+. (Sela)   Meni taniydiganlar hisobiga Rahob*+ bilan Bobilni kiritaman.Falastin, Tir va Kushni* ham qayd etaman, Har biri haqida: «U o‘sha yerda tug‘ilgan»,— deyman.   Sion to‘g‘risida esa: «Har biri o‘sha yerda tug‘ilgan»,— deyiladi. Tangri Taolo uni mustahkam qilib o‘rnatadi.   Yahova xalqlarni ro‘yxatga olganda: «Bu kishi o‘sha yerda tug‘ilgan»,— deya e’lon qiladi. (Sela)   Qo‘shiqchilar-u+ raqsga tushuvchilar+: «Qut-barakalar manbai sensan»+,— deydi.

Izohlar

Ehtimol, Misr.
Yoki «Habashiston (Efiopiya)».