Zabur 84:1-12

  • Xudoning ulug‘vor muqaddas chodirini qo‘msash

    • Levi qush singari bo‘lishni istaydi (3)

    • «Hovlilaringda o‘tgan bir kun» (10)

    • «Xudo quyoshimiz va qalqonimizdir» (11)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Gittit*.Ko‘rax o‘g‘illari sanosi+. Qo‘shiq. 84  Ey, Qo‘shinlar Sarvari Yahova,Ulug‘vor muqaddas chodiringni naqadar sevaman!+   Yahovaning hovlilariniButun vujudim bilan sog‘inaman.Ha, qo‘msaganimdan darmonim quriydi+. Butun qalbim, borlig‘im ila barhayot Xudoga quvonib xitob qilaman.   Ey, Qo‘shinlar Sarvari, Podshohim va Xudoyim Yahova,Sening ulug‘vor qurbongohing oldidaHatto qushlar ham qo‘nim topadi.Qaldirg‘och in qurib,Palaponlar ochib chiqaradi.   Uyingda yashovchilar naqadar baxtiyor!+ Ular Senga tinmay hamd-u sano aytadi+. (Sela)   Seni quvvati deb bilganlar+,Uyingga eltuvchi yo‘llardan yurishni chin dildan istaganlar baxtlidir!   Ular Baka vodiysidan* o‘tganda,Uni buloqlar maskaniga aylantiradi.Ilk yomg‘ir u yerni qut-barakaga burkaydi*.   Ular yurgan sayin kuchiga kuch qo‘shiladi+,Har biri Sionda, Alloh huzurida turadi.   Ey, Qo‘shinlar Sarvari Yahova, ibodatimni eshit,Tingla, ey, Yoqub Tangrisi. (Sela)   Nazar sol, ey, qalqonimiz+ va Allohimiz*,Moylanganingga marhamat ko‘rsat+. 10  Hovlilaringda o‘tgan bir kun, boshqa yerda o‘tgan ming kundan yaxshiroqdir!+ Yovuzlar chodirida yashagandan ko‘ra,Tangrim uyining ostonasida turishni afzal ko‘raman. 11  Zero, Alloh Yahova — quyoshimiz+ va qalqonimizdir+.U iltifot ko‘rsatib, shon-sharafga burkaydi. Benuqson bo‘lib yurganlardanYahova O‘z ne’matini darig‘ tutmaydi+. 12  Ey, Qo‘shinlar Sarvari Yahova,Senga tayanadigan inson saodatlidir!+

Izohlar

Boshqa variant «Ustoz qut-barakaga burkanadi».
Yoki «Baka butalari vodiysidan».
Boshqa variant «Qalqonimizga nazar sol, ey Xudo».