Zabur 83:1-18
Qo‘shiq. Osif sanosi+.
83 Ey Tangrim, sukut saqlama!+Ey, muqaddas Xudo, sado chiqarmay jim turma!
2 Mana, dushmanlaring shovqin-suron qilmoqda+,Sendan nafratlanadiganlar Senga qarshi bosh ko‘tarmoqda.
3 Ular xalqingga qarshi fitna uyushtirmoqda,Himoyang ostidagi xalqingga qarshi til biriktirmoqda.
4 Ular: «Kelinglar, Isroil xalqini qirib tashlaylik+,Toki Isroil nomi boshqa esga olinmasin»,— demoqda.
5 Ular o‘zaro til biriktirib,Senga qarshi ittifoq tuzdi+.
6 Edomliklar, ismoiliylar*, mo‘abliklar+ va hojariylar+,
7 Gabol, Ommon+ va Omolek,Falastin+ hamda Tir+ aholisi,
8 Hatto Ossuriya+ ham ularga qo‘shilib,Lut o‘g‘illarini qo‘llab-quvvatladi+. (Sela)
9 Ularning boshiga Midiyonning kunini sol+,Xishon soyida* Sisaro bilan Yobinni jazolaganday jazola+.
10 Ular En-Do‘rda+ halok bo‘lib,Yer uchun go‘ngga aylangan edi.
11 Asilzodalari boshiga Oriv bilan Zayovning+,Yo‘lboshchilari boshiga Zevax bilan Zalmunoning kunini sol+.
12 Chunki ular: «Xudo makon qurgan yurtni egallab olaylik»,— demoqda.
13 Ey Tangrim, ularni quyun uchirib ketadigan yantoqday+,Shamoldagi somonday uchirib yubor.
14 O‘rmonni yondirib yuboradigan o‘tday,Tog‘larni kuydirib yuboradigan alangaday+,
15 Dovuling bilan ularni ta’qib qil+,Bo‘roning bilan vahimaga sol+.
16 Ey Yahova, ularning yuzini shuvut qil!Toki ular Sening ismingni tan olsin.
17 Ular sharmanda bo‘lib, doim qo‘rquvda yashasin,Isnodga qolib, halok bo‘lsin.
18 Xalqlar isming Yahova ekanini+,Zamin uzra yolg‘iz Sen Alloh Taolo ekaningni bilib olsin+.