Zabur 56:1-13

  • Quvg‘unda aytilgan ibodat

    • «Xudodan umid qilaman» (4)

    • «Ko‘z yoshlarimni meshingga yig‘ib qo‘y» (8)

    • «Inson menga nima ham qila olardi?!» (4, 11)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. «Olisda jim turgan kabutar». Dovud sanosi. Miktam*. Filistimliklar Gatda Dovudni tutib olganda yozilgan +. 56  Ey Tangri, menga iltifot ko‘rsat, chunki o‘tkinchi odam menga hujum qilyapti. Ular har kuni men bilan kurashib, zulm o‘tkazyapti.   Dushmanlarim har kuni menga hujum qilyapti,Manmanlik ila menga qarshi kurashayotganlar ko‘payib ketdi.   Qo‘rquv meni qamrab olganda+, Senga umid bog‘layman+.   Xudoga tayanib, Uning aytgan so‘zini ta’riflayman,Xudodan umid qilaman, aslo qo‘rqmayman. Inson menga nima ham qila olardi?!+   Ular har kuni menga tashvish orttiradi,Butun fikr-xayollari menga zarar yetkazish bilan band+.   Ular hamla qilish uchun pisib o‘tiradi,Jonimni* olish umidida+Har bir qadamimni poylab yuradi+.   Ey Xudo, yovuzliklari uchun ulardan yuz o‘gir. G‘azabing ila xalqlarni jazola+.   Sarson bo‘lib yurganimni ko‘rib turibsan+. Ko‘z yoshlarimni meshingga yig‘ib qo‘y+. Axir Sen ularni bitta qoldirmay kitobingga yozib qo‘ygansan-ku!+   Yordam so‘rab Seni chaqirishim bilanoq, dushmanlarim orqaga chekinadi+. Alloh men tomonda ekaniga ishonchim komil+. 10  Xudoga tayanib Uning aytgan so‘zini ta’riflayman.Yahovaga umid bog‘lab Uning aytgan so‘zini ta’riflayman. 11  Xudodan umid qilaman, aslo qo‘rqmayman+. Inson menga nima ham qila olardi?!+ 12  Ey Tangri, Senga bergan va’dalarim ustidan chiqaman+,Senga shukronalar aytaman+. 13  Oldingda yurishim, hayot nuri ustimga yog‘ilib turishi uchun+,Sen meni o‘limdan xalos etding+,Oyoqlarim qoqilib ketishiga yo‘l qo‘ymading+.

Izohlar

Yoki «Hayotimni».