Zabur 54:1-7

  • Yov orasida bo‘lganda qilingan ibodat

    • «Mening yordamchim Xudodir!» (4)

Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Torli asboblar jo‘rligida. Maskil*. Zifliklar kelib, Shoulga: «Dovud oramizda yashirinib yuribdi»,— deganda, Dovudning aytgan sanosi+. 54  Ey Xudo, isming haqqi meni qutqar+,Kuchingni ishga solib meni himoya qil+.   Ey Alloh, ibodatimni eshit+.Aytgan so‘zlarimni tingla.   Begonalar menga qarshi ko‘tarildi,Shafqatsiz kishilar jonimni* olish payida yuribdi+. Ey Tangri, ular Seni nazar-pisand qilmaydi+. (Sela)   Ammo mening yordamchim Xudodir!+Yahova meni qo‘llab-quvvatlayotganlar bilan birgadir!   U dushmanlarimning yomonligiga yarasha javob qaytaradi+.Ey Tangrim, sadoqating haqqi ularning hayotiga chek qo‘y+.   Senga bajonidil qurbonlik keltiraman+. Ey Yahova, ismingni sharaflayman, chunki bu yoqimlidir+.   Sen meni har qanday balo-qazodan asraysan+,Dushmanlarim mag‘lub bo‘lishini o‘z ko‘zim bilan ko‘raman+.

Izohlar

Yoki «hayotimni».