Zabur 38:1-22

  • Tavba qilganning ibodati

    • «Qayg‘u chekib, bukchayib qoldim» (6)

    • Yahova Uni kutadiganlarni eshitadi (15)

    • «Gunohim dastidan halovatimni yo‘qotdim» (18)

Eslatma sifatida yozilgan Dovud sanosi. 38  Ey Yahova, g‘azab ustida menga tanbeh berma,Jahl ustida meni tuzatma+.   Chunki o‘qlaring tanamga suqilib kirdi,Qo‘ling meni zilday bosib turibdi+.   Qahr-g‘azabingdan butun tanam dard chekyapti. Gunohim dastidan halovatimni yo‘qotdim+.   Xatolarim boshimdan oshib yotibdi+,Ular men uchun ko‘tarib bo‘lmaydigan og‘ir yuk kabidir.   Aqlsizligim dastidanYaralarim yiringlab, qo‘lansa hid chiqaryapti.   Qayg‘u chekib, bukchayib qoldim,Kun bo‘yi g‘amgin yuraman.   Ichim kuyib ketyapti,Butun tanam dard chekyapti+.   Men serrayib qotib qoldim, tamoman ezildim,Yuragim qiynalganidan fig‘on chekyapman.   Ey Yahova, Sen barcha istaklarimni bilasan,Oh-u nolalarim Sendan yashirin emas. 10  Yuragim bezovta, quvvatim ado bo‘ldi,Ko‘zlarim nuridan ham ayrildim+. 11  Yaralarimni ko‘rib, yor-u do‘stlarim mendan qochadigan,Yaqin tanishlarim o‘zini chetga oladigan bo‘ldi. 12  Jonimga* qasd qilmoqchi bo‘lganlar qopqonlar qo‘ymoqda,Zarar yetkazmoqchi bo‘lganlar menga qarshi gapirib+,Kun bo‘yi yolg‘on to‘qib yuribdi. 13  Men bo‘lsam kar odam singari eshitmayman+,Soqovga o‘xshab og‘iz ochmayman+. 14  Men qulog‘i eshitmaydigan insonga o‘xshab qoldim,O‘zimni oqlash uchun og‘zimdan birorta ham so‘z chiqmaydi. 15  Boisi, men Seni kutdim, ey Yahova+,Sen menga javob berding, ey, Tangrim Yahova+. 16  Chunki men: «Ular ustimdan kulmasin,Oyog‘im sirpanib ketsa, o‘zlarini mendan yuqori qo‘ymasin»,— dedim. 17  Sababi, halokatga uchrashimga sal qoldi,Dard-alam meni hech tark etmasdi+. 18  Men xatolarimni tan oldim+,Gunohim dastidan halovatimni yo‘qotdim+. 19  Dushmanlarim esa serg‘ayrat va kuchli*,Mendan besabab nafratlanayotganlar ko‘payib ketdi. 20  Ular qilgan yaxshiligimga yomonlik qaytardi,Yaxshilikka intilganim uchun menga qarshi chiqdi. 21  Meni tark etma, ey Yahova! Mendan olisda turma, ey Tangrim!+ 22  Menga yordam berishga shoshil,Ey, najotkorim Yahova!+

Izohlar

Yoki «Hayotimga».
Boshqa variant «Menga besabab dushmanlik qilayotganlar ko‘p».