Zabur 37:1-40
Dovud sanosi.
א [Alef]
37 Yovuz odamlar dastidan diling og‘rimasin*.Yomonlik qiluvchilarga hasad qilma+.
2 Ular xuddi o‘tday tezda qurib qoladi+,Ko‘k maysaday bir zumda so‘lib qoladi.
ב [Bet]
3 Yahovaga umid bog‘lab, yaxshilik qil+,Yer yuzida yashab, tutgan yo‘lingda sadoqatli bo‘l+.
4 Tangri Yahova quvonching manbai bo‘lsin,Shunda U dilingdagi orzularingga yetkazadi.
ג [Gimel]
5 Yo‘lingni Yahovaga ishonib topshir+,Unga tayan va U sening foydangni ko‘zlab ish tutadi+.
6 U odilligingni tong shu’lasiday,Adolatingni esa kunduzgi quyoshday porlatadi.
ד [Dalet]
7 Yahovaning huzurida sukut saqla+,Intizorlik bilan Uni kut.
O‘z rejalarini amalga oshirib,Muvaffaqiyatga erishayotgan odamlarni ko‘rganda, ranjima+.
ה [Xe]
8 Qahr-u g‘azabni o‘zingdan soqit qil+,Jahlga berilib, yomon ishlarga yuz burma*.
9 Chunki yovuzlar yo‘q qilinadi+,Yahovaga umid bog‘laganlar esa yer yuziga egalik qiladi+.
ו [Vav]
10 Yana bir ozdan so‘ng yovuzlar yo‘q bo‘ladi+,Ularning joyiga qaraysan-u,Ammo ularni topa olmaysan+.
11 Kamtar* kishilar esa yer yuziga egalik qiladi+,Ular tinchlik-xotirjamlikda umr kechirib, behad shod bo‘ladi+.
ז [Zayin]
12 Yovuz kishi odilga qarshi fitna uyushtirib+,Unga qarshi tishlarini g‘ijirlatadi.
13 Lekin Yahova uning ustidan kuladi,Zero, uning kuni bitishini U biladi+.
ח [Xet]
14 Yovuzlar qilichini yalang‘ochlab, kamonini tortadi.Mazlum-u bechorani yo‘q qilishni,To‘g‘ri yo‘ldan yurganlarni qirg‘in qilishni ko‘zlaydi.
15 Ammo ularning qilichi o‘z yuragiga sanchiladi+,Kamonlari sindirib tashlanadi.
ט [Tet]
16 Odil kishining ozgina mol-mulki,Yovuzlarning mol-dunyosidan ortiqroqdir+.
17 Boisi yovuzlarning qo‘llari sindiriladi,Odillarni esa Yahova qo‘llab-quvvatlaydi.
י [Yod]
18 Yahova benuqson kishilarning hayot yo‘lini biladi,Ularning merosi toabad saqlanadi+.
19 Musibat kunida ular isnodga qolmaydi,Ocharchilik paytida dasturxoni to‘kin-sochin bo‘ladi.
כ [Kaf]
20 Yovuzlar nobud bo‘ladi+,Yahovaning dushmanlari maysazorning chiroyi kabi yo‘qga chiqadi,Ular xuddi tutunday yo‘q bo‘lib ketadi.
ל [Lamed]
21 Yovuz kishi qarz oladi-yu, lekin qaytarib bermaydi,Odil kishi esa saxiylik ila beradi+.
22 Allohning barakasini olganlar, yer yuziga egalik qiladi,Uning la’natiga uchraganlar esa yo‘q qilinadi+.
מ [Mem]
23 Yahova insonning yo‘llaridan mamnun bo‘lsa+,Uning qadamlarini yo‘naltiradi*+.
24 U qoqinib ketsa ham, yuztuban yiqilmaydi+,Chunki Yahova uning qo‘lidan ushlab turadi+.
נ [Nun]
25 Men yosh edim, endi qarib qoldim,Ammo birorta odil kishining tashlab ketilganini+,Uning bolalari non so‘rab yurganini ko‘rmadim+.
26 Odil kishi ochiq qo‘l bilan doimo qarz beradi+,Uning farzandlari qut-barakadan bahramand bo‘ladi.
ס [Samex]
27 Yomonlikdan yuz o‘girib, yaxshilik qil+,Shunda abadiy yashaysan.
28 Sababi Yahova adolatni sevadi,Unga sodiq bo‘lganlarni tark etmaydi+.
ע [Ayin]
Ularni hamisha qo‘riqlaydi+,Yovuzlarning avlodi esa yo‘q bo‘lib ketadi+.
29 Odil kishilar yer yuziga egalik qiladi+,Ular yerda abadiy yashaydi+.
פ [Pe]
30 Odil kishining og‘zidan donolik chiqadi*,Uning tili adolatni so‘zlaydi+.
31 Tangrisining qonunini u qalbida saqlaydi+,Yurganda oyoqlari qoqinib ketmaydi+.
צ [Sade]
32 Yovuz odil kishini kuzatib,Uni o‘ldirish uchun fursat poylaydi.
33 Lekin Yahova odilni uning qo‘liga berib qo‘ymaydi+,Mahkamada uni aybdor deb topmaydi+.
ק [Qof]
34 Yahovaga umid bog‘lab, Uning yo‘lidan yur,Shunda U seni yuksaltirib, yer yuzini mulk qilib beradi.
Yovuz yo‘q bo‘lib ketishini+ o‘z ko‘zlaring bilan ko‘rasan+.
ר [Resh]
35 Men shafqatsiz, yovuz kishini ko‘rdim,U xuddi sershox daraxtday gurkirab o‘sayotgan edi+.
36 Biroq kutilmaganda u qurib, yo‘q bo‘lib ketdi+,Uni qancha izlasam ham topa olmadim+.
ש [Shin]
37 Benuqson kishiga e’tibor ber,To‘g‘ri kishiga+ razm solib qara,Bunday kishini tinchlik-osoyishtalik kutadi+.
38 Ammo jinoyatchilarning bari yo‘q qilinadi,Yomon odamlarning kelajagi barbod bo‘ladi+.
ת [Tav]
39 Yahova odil kishilarga najot beradi+,Qayg‘uli kunlarda ularning qo‘rg‘oni bo‘ladi+.
40 Yahova ularga yordam berib, ularni qutqaradi+.
Yovuzning qo‘lidan ozod qilib, omon saqlaydi,Chunki ular Undan panoh topgan+.
Izohlar
^ Yoki «qizishib ketmagin».
^ Boshqa variant «Achchiqlanma, chunki bu faqatgina ziyon keltiradi».
^ Yoki «Muloyim, beozor».
^ Yoki «barqaror qiladi».
^ Yoki «past ovozda gapiradi, mulohaza yuritadi».