Zabur 36:1-12
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Yahova xizmatchisi Dovudning sanosi.
36 Yovuz odamning qalbi tubida gunoh pichirlaydi,Uning ko‘zlarida xudotarslikdan nishon ham yo‘q+.
2 U o‘ziga bino qo‘ygani bois,Xatosini payqamaydi ham, undan jirkanmaydi ham+.
3 Og‘zidan yomon va yolg‘on gaplar chiqadi,Yaxshilik qilish nima ekanini tushunishga aqli yetmaydi.
4 Hatto yotog‘ida ham yomonlik qilish rejasini tuzadi.
U egri yo‘lda turadi,Yomonlikdan yuz o‘girmaydi.
5 Ey Yahova, sevging* samolargacha+,Sadoqating bulutlargacha yetadi.
6 Odilliging mahobatli tog‘lardaydir+,Hukmlaring bepoyon, tubsiz ummon kabidir+.
Sen insonni ham, hayvonni ham omon saqlaysan, ey Yahova!+
7 Mehr-sadoqating naqadar bebahodir, ey Tangrim!+
Qanotlaring soyasidaInson o‘g‘illari panoh topadi+.
8 Ular uyingdagi mo‘l-ko‘l noz-ne’matlardan yeb to‘yadi+,Sen ularga lazzatga to‘la daryongdan ichdirasan+.
9 Hayot manbai Sendadir+,Sening nuring tufayli biz nurni ko‘ra olamiz+.
10 Seni biladiganlarga mehr-sadoqatingni+,Qalbi to‘g‘rilarga adolatingni namoyon etishni to‘xtatma+.
11 Takabburlarning oyog‘i meni toptashiga,Yovuzlarning qo‘li meni sarson qilishiga yo‘l qo‘yma.
12 Ana, badkirdorlar quladi,Ular yiqilib, turolmay qoldi+.
Izohlar
^ Yoki «mehr-sadoqating».