Zabur 140:1-13
Ijrochilar rahbari uchun ko‘rsatma. Dovud sanosi.
140 Ey Yahova, meni yovuzlardan qutqar,Zo‘ravonlardan himoya qil+.
2 Ular yuraklarida yovuz rejalar tuzib+,Kun bo‘yi nizo qo‘zg‘aydi.
3 Ularning tillari ilonnikiday o‘tkir+,Gaplari esa ilonning zahridaydir+. (Sela)
4 Ey Yahova, yovuzlar qo‘lidan meni asra+,Meni zo‘ravonlardan himoya qil.Ular oyog‘imdan chalib meni yiqitishni niyat qilgan.
5 Takabburlar men uchun qopqon yashirib qo‘ygan,Yo‘l bo‘yiga arqonlarni to‘r qilib yoygan+.
Ular menga tuzoqlar o‘rnatgan+. (Sela)
6 Men Yahovaga: «Sen mening Xudoyimsan.
Yordam so‘rab qilgan iltijoimni eshit, ey Yahova!»+ — deyman.
7 Ey, Oliy Hukmdor Yahova, mening qudratli Najotkorim,Sen jangda boshimni zarbadan himoya qilasan+.
8 Ey Yahova, yovuzlarning istagini bajo qilma.
Fitnalari amalga oshib, mag‘rurlanishlariga yo‘l qo‘yma+. (Sela)
9 Atrofimdagi odamlarning aytgan yomon gaplariO‘zlarining boshiga tushsin+.
10 Ularning ustiga yonayotgan cho‘g‘lar yog‘ilsin+.
Ular olovga otilsin,Chuqur chohlarga tashlansin+, aslo qaytib chiqmasin.
11 Tuhmatchi yer yuzida farovonlik topmasin+.
Yomonlik zo‘ravonlarni ta’qib etib, ularni yo‘q qilsin.
12 Bilaman, Yahova bechorani himoya qiladi,Kambag‘al uchun adolat o‘rnatadi+.
13 Odil insonlar ismingga hamd-u sano aytadi,To‘g‘ri odamlar huzuringda yashaydi+.