Zabur 1:1-6
1 Yovuzlarning maslahati bo‘yicha yo‘l tutmaydigan,Gunohkorlar yo‘lidan yurmaydigan+,Mazaxchilar+ bilan o‘tirmaydigan inson baxtlidir.
2 U Yahovaning qonunidan zavq olib+,Qonuni ustida tun-u kun fikr yuritadi*+.
3 Bunday kishi oqar suvlar bo‘yiga ekilgan,Mevasini o‘z mavsumida beradigan,Barglari so‘lmaydigan daraxt kabidir.
U barcha ishlarida muvaffaqiyatga erishadi+.
4 Yovuzlar esa bunday emas,Ular shamol uchirib ketadigan somon kabidir.
5 Shuning uchun hukm qilinganda, yovuzlar oqlanmaydi+.Adolatli insonlar orasida gunohkorlar qolib ketmaydi+.
6 Yahova adolatli kishilarning yo‘llarini biladi+.Biroq yovuzlarning tutgan yo‘li halokatga yetaklaydi+.
Izohlar
^ Yoki «past ovozda o‘qiydi».