Yoshua 21:1-45
21 Levilar xonadonlari boshlari ruhoniy Elazarning+, Nun o‘g‘li Yoshuaning va Isroil qabilalarining xonadonlari boshlari oldiga kelib,
2 Kan’on yurtidagi Shilo‘da+ ularga: «Yahova yashashimiz uchun shaharlar, chorvamiz uchun yaylovlar berilsin, deb Muso orqali buyurgan edi»+,— deyishdi.
3 Shunda Yahovaning buyrug‘iga binoan, isroilliklar o‘zlarining merosidan levilarga shaharlar+ va ularning yaylovlarini berishdi+.
4 Qur’a Qohot o‘g‘illariga oilalari bo‘yicha tushdi+. Ruhoniy Horunning avlodlari bo‘lmish levilarga qur’a bo‘yicha Yahudo+, Shimo‘n+ va Benyamin+ qabilalarining hududidan 13 ta shahar berildi.
5 Qohotning qolgan o‘g‘illariga qur’a bo‘yicha Efrayim qabilasining+ oilalariga tegishli hududdan, Dan qabilasi hamda Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan o‘nta shahar berildi+.
6 Gershon o‘g‘illariga+ qur’a bo‘yicha Issaxor qabilasining oilalariga tegishli hududdan, Osher va Naftali qabilalari hamda Bashandagi Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan 13 ta shahar berildi+.
7 Marori o‘g‘illariga+ oilalari bo‘yicha Ruben, Gad va Zabulun qabilalariga tegishli hududdan 12 ta shahar berildi+.
8 Shunday qilib, Yahova Muso orqali buyurganidek, isroilliklar qur’a tashlab shaharlar va ularning yaylovlarini levilarga berishdi+.
9 Ular Yahudo bilan Shimo‘n qabilalarining hududidan, quyida nomma-nom aytib o‘tilgan shaharlarni berishdi+.
10 Birinchi qur’a Levi qabilasidan bo‘lgan Qohot oilalariga tegishli Horunning o‘g‘illariga tushgani bois, bu shaharlar ularga berildi.
11 Ularga Xirat-Arbani+ (Arba Inoqning otasi edi), ya’ni Yahudo tog‘li hududidagi Xevronni+ va uning yaylovlarini berishdi.
12 Ammo shaharning dalalari va qishloqlarini Yafunax o‘g‘li Xolibga mulk qilib berishdi+.
13 Ruhoniy Horunning o‘g‘illariga, odam o‘ldirgan kishi uchun panoh shaharlarni+, ya’ni Xevronni+ va uning yaylovlarini hamda Libnani+ va uning yaylovlarini,
14 Yatir+ bilan Eshtamo‘vani+ va ularning yaylovlarini,
15 Xo‘lun+ bilan Debirni+ va ularning yaylovlarini,
16 Oyinni+, Yutto+ bilan Bayt-Shamashni va ularning yaylovlarini berishdi. Ikkala qabiladan to‘qqizta shahar ajratildi.
17 Benyamin qabilasining hududidan Givon+ bilan G‘ibo va ularning yaylovlari+,
18 Onoto‘t+ bilan Elmo‘n va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi.
19 Horunning avlodlaridan bo‘lgan ruhoniylarga jami 13 ta shahar va ularning yaylovlari berildi+.
20 Qohotning qolgan oilalariga tegishli levilarga qur’a bo‘yicha Efrayim qabilasining hududidan shaharlar ajratildi.
21 Odam o‘ldirgan kishi uchun ularga panoh shaharlarni+, ya’ni Efrayim tog‘li hududidagi Shakam+ bilan Gezerni+ va ularning yaylovlarini,
22 Xivzayim bilan Bayt-Xo‘ronni+ va ularning yaylovlarini — to‘rtta shaharni berishdi.
23 Dan qabilasining hududidan Eltaxa bilan Gibiton va ularning yaylovlari,
24 Oyjavlon+ bilan Gat-Rimmon va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi.
25 Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan Tanax+ bilan Gat-Rimmon va ularning yaylovlari — ikkita shahar berildi.
26 Qohot o‘g‘illarining qolgan oilalariga jami o‘nta shahar va ularning yaylovlari berildi.
27 Levi oilalaridan bo‘lgan Gershon o‘g‘illariga+, Manashe qabilasining yarmiga tegishli hududdan odam o‘ldirgan kishi uchun panoh shaharlar, ya’ni Bashandagi Go‘lon+ bilan Beshtara va ularning yaylovlari — ikkita shahar berildi.
28 Issaxor qabilasiga tegishli hududdan+ Xishion bilan Dovarat+ va ularning yaylovlari,
29 Yarmut bilan En-Xannim va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi.
30 Osher qabilasiga tegishli hududdan+ Mishol bilan Abdo‘n va ularning yaylovlari,
31 Xelkat+ bilan Rexob+ va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi.
32 Naftali qabilasining hududidan odam o‘ldirgan kishi uchun panoh shaharlar+, ya’ni Jaliladagi Kedesh+ va uning yaylovlari, Xammut-Do‘r bilan Kartan va ularning yaylovlari — uchta shahar berildi.
33 Gershon o‘g‘illariga oilalari bo‘yicha jami 13 ta shahar va ularning yaylovlari berildi.
34 Marori o‘g‘illarining oilalariga+ tegishli qolgan levilarga Zabulun qabilasining hududidan+ Yoxnayom+ bilan Kartax va ularning yaylovlari,
35 Dimna bilan Nahalil+ va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi.
36 Ruben qabilasining hududidan Bazer+ bilan Yaxaz va ularning yaylovlari+,
37 Kadamo‘t bilan Mifat va ularning yaylovlari — to‘rtta shahar berildi.
38 Gad qabilasining hududidan+ odam o‘ldirgan kishi uchun panoh shaharlar, ya’ni Giladdagi Ramo‘t+ bilan Moxanayim+ va ularning yaylovlari,
39 Xashbon+ bilan Yazir+ va ularning yaylovlari — jami to‘rtta shahar berildi.
40 Levilarning qolgan oilalariga, Marori o‘g‘illarining oilalariga qur’a bo‘yicha jami 12 ta shahar berildi.
41 Isroilliklar mulkidan levilarga jami 48 ta shahar va ularning yaylovlari ajratildi+.
42 Bu shaharlarning atrofida yaylovlar bor edi.
43 Shunday qilib, Yahova isroilliklarning ota-bobolariga beraman, deb qasam ichgan yerlarning hammasini berdi+ va ular uni egallab olib, unda o‘rnashdi+.
44 Bundan tashqari, Yahova ularning ota-bobolariga qasam ichib aytganiday, ularga har tomondan osoyishtalik ato etdi+ va dushmanlaridan hech biri ularga qarshi tura olmadi+. Yahova g‘animlarining hammasini ularning qo‘liga topshirdi+.
45 Yahova Isroil xonadoniga qanday yaxshi va’dalar bergan bo‘lsa, birortasi ham bajarilmay qolmadi, va’dalarning hammasi ro‘yobga chiqdi+.