Yoqub 1:1-27
1 Allohning hamda Hazratimiz Iso Masihning quli bo‘lmish men, Yoqubdan+:
Har yoqga tarqab ketgan 12 qabilaga salom!
2 Birodarlarim, boshingizga tushayotgan turli sinovlarni quvonch bilan qabul qilinglar+.
3 Bilinglarki, sinalgan imoningiz sabr-bardoshni hosil qiladi+.
4 Har tomonlama yetuk, bekam-u ko‘st va benuqson bo‘lishingiz uchun sabr-bardosh to‘la samarasini ko‘rsatsin+.
5 Agar orangizdagi biror kishiga donolik yetishmayotgan bo‘lsa, hammaga saxovat bilan, ta’na qilmasdan beradigan+ Xudodan so‘rab tursin+. Shunda unga beriladi+.
6 Ammo u ishonch bilan+, aslo shubhalanmay so‘rasin+, boisi, shubhalanayotgan kishi shamolda tebranib, chayqalayotgan dengiz to‘lqiniga o‘xshaydi.
7 Bunday kishi Yahovadan* biror narsa olaman, deb o‘ylamasin.
8 Chunki u barcha tutgan yo‘lida beqaror va ikkilanadigan odamdir+.
9 Kambag‘al birodar yuksaltirilganidan quvonsin+.
10 Boy birodar esa pasaytirilganidan sevinsin+. Sababi, boylar daladagi gul kabi so‘lib yo‘q bo‘ladi.
11 Quyosh chiqib jazirama bo‘lganida, o‘simlik qurib, guli to‘kiladi-da, go‘zalligi yo‘qoladi. Xuddi shunday boy odam ham mol-dunyo ortidan quvayotib yo‘q bo‘lib ketadi+.
12 Sinovlarni sabr-toqat bilan boshdan kechirayotgan inson baxtlidir+. Zero u Yahovaning* marhamatiga ega bo‘lib, Uni sevganlarga va’da qilgan+ hayot tojini oladi+.
13 Sinovga duchor bo‘lganda hech kim: «Meni Xudo sinayapti»,— deb aytmasin. Chunki Allohni hech kim yomonlik bilan sinay olmaydi, Uning O‘zi ham hech kimni yomonlik bilan sinamaydi.
14 Aksincha, har kim o‘z ehtirosiga berilib+, aldanib sinovga duchor bo‘ladi.
15 So‘ngra ehtiros homilador bo‘lib gunohni tug‘adi. Gunoh esa oxir-oqibat o‘limga olib keladi+.
16 Adashmanglar, aziz birodarlarim.
17 Yaxshi va mukammal hadyalarning barchasi yuqoridan keladi+. Boisi, ular samoviy yoritkichlarning Otasi+, o‘zgaruvchan ko‘lanka singari o‘zgarmaydigan Tangridan kelib chiqadi+.
18 Uning ijodlari ichida go‘yo birinchi hosildek bo‘lishimiz uchun+, U O‘z irodasi bo‘yicha, haqiqat kalomi orqali bizlarni vujudga keltirdi+.
19 Ey aziz birodarlarim, shuni bilinglarki, har bir kishi tinglashga tayyor bo‘lsin. So‘zlashga+ va g‘azablanishga esa shoshilmasin+.
20 Chunki g‘azabga beriladigan odam, Alloh talab etgan adolatga muvofiq yo‘l tuta olmaydi+.
21 Shunday ekan, har qanday ifloslikdan poklaninglar, yomonlikning izi ham qolmasin*+. Jonlaringizni qutqara oladigan kalomning ichingizga ekilishini kamtarlik* bilan qabul qilinglar.
22 Haqiqatga zid fikrlar bilan o‘zingizni aldamanglar. Xudo kalomining tinglovchilarigina emas, balki bajaruvchilari ham bo‘linglar+.
23 Agar biror kishi kalomni tinglab bajarmasa+, u ko‘zguda yuzining asl holini ko‘rgan odamga o‘xshaydi.
24 U o‘ziga qaraydi-yu, lekin ketishi bilanoq o‘zining qanday odam ekanini unutib qo‘yadi.
25 Ammo kim erkinlik baxsh etuvchi mukammal qonunga+ diqqat bilan qarab, unga amal qilishni davom ettirsa, u unutuvchan tinglovchi emas, bajaruvchi bo‘lib, qilgan ishidan baxtiyor bo‘ladi+.
26 Agar biror kim Allohga topinyapman deb o‘ylasa-yu, ammo tilini tiymasa+, u o‘zini o‘zi* aldagan bo‘ladi va uning topinishi befoydadir.
27 Otamiz Xudoning nazarida toza va benuqson topinish, qayg‘u chekayotgan+ yetim-yesirlarga g‘amxo‘rlik qilishdan+ hamda dunyoda o‘zini pok saqlashdan iboratdir+.
Izohlar
^ Yoki «muloyimlik».
^ Boshqa variant «keng tarqalgan yomonlikdan forig‘ bo‘linglar».
^ So‘zma-so‘z «o‘z qalbini».