Yeremiyo 9:1-26
9 Koshki boshim buloq,Ko‘zlarim chashma kabi bo‘lsa!+
Shunda xalqimning halok bo‘lganlari uchunTunu kun yig‘lar edim.
2 Koshki sayyohlar kabi sahroda qo‘noq joyim bo‘lsa!
Shunda men xalqimni tashlab ketgan bo‘lardim,Chunki ularning bari zinokor+,Xoinlar to‘dasidir.
3 Ular tillarini kamon singari bukishmoqda.Yurtda sadoqat emas, yolg‘on tantana qilmoqda+.
«Ular yomonlik ketidan yomonlik qilishmoqda,Ular Meni pisand qilishmaydi»+,— demoqda Yahova.
4 «Har biringiz yaqiningizdan ehtiyot bo‘ling,Hatto aka-ukangizga ishonmang.
Chunki hamma aka-ukalaringiz sotqin+,Barcha yaqinlaringiz esa tuhmatchidir+.
5 Har biri birodarini aldaydi,Hech biri haqiqatni gapirmaydi.
Tillari yolg‘on gapirishga o‘rgangan+.
Ular yomonlik qilib holdan toyishgan.
6 Sen yolg‘onchi xalq ichida yashayapsan.
Ular yolg‘on gapirishadi va Meni tanib-bilishdan bosh tortishadi»,— demoqda Yahova.
7 Shu sababli Qo‘shinlar Sarvari Yahova demoqda:
«Men ularni eritib sinayman+.Xalqimning qizi bilan boshqa nima ham qilardim?
8 Yolg‘on gapiradigan tillari — ajal o‘qi.
Yaqiniga shirin so‘zlar aytadi-yu,Ichida esa pistirma qo‘yishni o‘ylaydi».
9 «Bu ishlari uchun ularni javobgarlikka tortishim kerak emasmi?! — demoqda Yahova.
— Bunday xalqdan o‘ch olishim kerak emasmi?!+
10 Men tog‘lar uchun yig‘lab, marsiya aytaman.Dashtdagi yaylovlar uchun motam qo‘shig‘ini kuylayman.Chunki bu yerlar kuyib ketgan, u yerdan birorta ham odam o‘tmayapti.Chorvaning ovozi ham eshitilmayapti.
Osmondagi qushlar uchib ketgan, daladagi hayvonlar qochib ketgan, birortasi qolmadi+.
11 Men Quddusni tosh uyumiga+, chiyabo‘rilar makoniga aylantiraman+,Yahudo shaharlarini tashlandiq ahvolga solib, kimsasiz qoldiraman+.
12 Buni tushunishga kimning aqli yetar?
Yahova kimga gapirdiki, u xabarni boshqalarga e’lon qilsa?
Nega bu yurt vayron bo‘lib ketdi?
Nega u sahro kabi qovjirab ketdi?Hatto undan hech kim o‘tmaydigan bo‘ldi».
13 Yahova javoban dedi: «Chunki ular bergan qonunimni rad etib, unga amal qilishmadi, Mening aytganlarimga quloq solishmadi.
14 Ular o‘jarlik bilan o‘z yuraklariga ergashdilar+, ota-bobolari ularga o‘rgatganidek, Baalning tasvirlari orqasidan yurdilar+.
15 Shu bois Isroil Tangrisi, Qo‘shinlar Sarvari Yahova demoqda: “Men bu xalqga erman yediraman va zaharlangan suv ichiraman+.
16 Men ularni o‘zlari ham, ota-bobolari ham tanimagan xalqlar orasiga tarqatib yuboraman+. Ularni yo‘q qilib yubormagunimcha, orqasidan qilich jo‘nataveraman”+.
17 Qo‘shinlar Sarvari Yahova demoqda:“O‘ylab ish qilinglar.
Motam qo‘shig‘ini kuylaydigan ayollarni yig‘inglar+,Yig‘ichi ayollarni chaqirib kelinglar.
18 Ular tezda kelib, biz uchun marsiya aytishsin,Toki ko‘zlarimizdan yosh oqsin,
Kipriklarimizdan suv to‘kilsin+.
19 Mana, Siondan marsiya eshitilmoqda+:
“Xonavayron bo‘ldik!
Qanchalar sharmanda bo‘ldik!
Yurtimizni tark etdik, uylarimizni vayron qilishdi”+.
20 Ey ayollar, Yahovaning so‘zlarini tinglanglar.
Uning so‘zlariga quloq solinglar.
Qizlaringizga bu marsiyani,Bir-biringizga motam qo‘shig‘ini o‘rgatinglar+.
21 O‘lim derazalarimizdan oshib tushdi,U mustahkam minoralarimizga kirib keldi.Ko‘chalardan bolalarni,Shahar maydonlaridan yigitlarni olib ketdi”+.
22 Ularga ayt: “Yahova demoqda:
“O‘roqchi ortida qoldirgan yangi o‘rilgan g‘alla bog‘lamlariday,Jasadlar go‘ng kabi yer ustida yotaveradi,Hech kim ularni yig‘ib olmaydi”»+.
23 Yahova demoqda:
«Dono kishi donoligi bilan maqtanmasin+.Kuchli kishi qudrati bilan maqtanmasin.Boy odam davlati bilan maqtanmasin»+.
24 «Ammo maqtanayotgan kishi
Men haqda ko‘p narsani tushungani va bilgani+,Men, Yahova, yer yuzida mehr-sadoqat, adolat va odillik ila ish tutuvchi Xudo+ ekanim bilan maqtansin.Chunki Men mana shu narsalardan zavqlanaman»+,— demoqda Yahova.
25 «Mana, shunday kunlar kelyaptiki, — demoqda Yahova — sunnat qilingan va hanuz sunnatsiz yurgan barchani javobgarlikka tortaman+.
26 Misr+, Yahudo+, Edom+, ommonliklar+, Mo‘ab+ va chakkalaridagi sochini qirdirib sahroda yashovchilarni javobgarlikka tortaman+. Chunki bu barcha xalqlar sunnat qilinmagan, butun Isroil xonadonining esa qalbi sunnat qilinmagan»+.