Sahroda 9:1-23

  • Fisihni kech nishonlaydiganlar uchun ko‘rsatmalar (1-14)

  • Muqaddas chodir ustidagi bulut va olov (15-23)

9  Isroil o‘g‘illari Misr yurtidan chiqqandan keyin, ikkinchi yilning birinchi oyida+, Yahova Sinay sahrosida Musoga gapirib, shunday dedi:  «Isroil o‘g‘illari belgilangan vaqtda+ Fisih qurbonligini+ tayyorlashsin.  Qurbonlikni belgilangan vaqtda, shu oyning 14- kuni oqshom* payti tayyorlanglar. Uni barcha qoidalar va o‘rnatilgan tartibga binoan tayyorlanglar»+.  Shunda Muso Fisih qurbonligini tayyorlash kerakligini Isroil o‘g‘illariga aytdi.  So‘ng, birinchi oyning 14- kuni, oqshom payti, ular Sinay sahrosida Fisih qurbonligini tayyorlashdi. Yahova Musoga nimaiki buyurgan bo‘lsa, Isroil o‘g‘illari shunday qilishdi.  Ayrimlar murdaga tekkani uchun nopok bo‘lib+, o‘sha kuni Fisih qurbonligini tayyorlay olmagan edi. Shu bois, ular o‘sha kuni Muso bilan Horunning oldiga kelib+,  ularga quyidagilarni aytishdi: «Biz murdaga tekkanimiz uchun nopok bo‘ldik. Endi biz Isroil o‘g‘illari qatori belgilangan vaqtda Yahovaga atab qurbonlik so‘ya olmaymizmi?»+  Ularga javoban Muso dedi: «Shu yerda kutib turinglar. Yahova sizlar to‘g‘ringizda nima deyishini bilib kelay-chi»+.  Yahova Musoga mana bunday dedi: 10  «Isroil o‘g‘illariga gapimni yetkaz: “Orangizdan kimdir yoki bo‘lajak avlodlaringizdan birortasi murdaga tekkani uchun nopok bo‘lib qolsa+ yoki uzoq safarda bo‘lsa ham, u bari bir Yahovaga atab Fisih qurbonligini tayyorlasin. 11  Ikkinchi oyning+ 14- kuni, oqshom payti qurbonlikni tayyorlashsin. Uni xamirturushsiz non va taxir o‘tlar bilan yeyishsin+. 12  Qurbonlikdan ertalabgacha hech narsa qoldirishmasin+, birorta ham suyagini sindirishmasin+. Qurbonlikni Fisihga tegishli qoidalarga binoan tayyorlashsin. 13  Lekin odam pok bo‘lsa yoki safarda bo‘lmasa-da Fisih qurbonligini tayyorlamasa, u o‘z xalqi orasidan yo‘q qilinsin+. Chunki u belgilangan vaqtda Yahovaga nazr keltirmadi. Bunday kishi o‘z gunohi uchun javob beradi. 14  Bordi-yu, orangizda musofir yashayotgan bo‘lsa, u ham Yahovaga atab Fisih qurbonligini tayyorlasin+. Qurbonlikni Fisih qoidalari va o‘rnatilgan tartibga binoan tayyorlasin+. Hammalaringiz uchun — musofir uchun ham, sizlar uchun ham qonun bitta bo‘lsin”+». 15  Muqaddas chodir o‘rnatilgan kuni+, shohidlik sandig‘i turgan muqaddas chodirning ustini bulut qopladi. Kechqurun chodirning ustida olov paydo bo‘lib, ertalabgacha turdi+. 16  Doim shu hol yuz berardi: kun davomida uning ustini bulut qoplab turardi, tunda olov ko‘rinib turardi+. 17  Bulut chodir ustidan ko‘tarilgan paytda, Isroil o‘g‘illari darhol yo‘lga chiqishardi+, bulut to‘xtagan joyda esa, Isroil o‘g‘illari qarorgoh qurishardi+. 18  Yahovaning buyrug‘i bilan Isroil o‘g‘illari yo‘lga chiqishardi va Yahovaning buyrug‘i bilan qarorgoh qurishardi+. Bulut muqaddas chodir ustida qancha tursa, ular ham shuncha vaqt qarorgoh qurib yashashardi. 19  Bulut ko‘p kunlar davomida muqaddas chodir ustida turganida, Isroil o‘g‘illari Yahovaga bo‘ysunib, hech qayerga siljishmasdi+. 20  Ba’zan bulut bor-yo‘g‘i bir necha kun muqaddas chodir ustida turardi. Yahovaning buyrug‘i bilan ular qarorgoh qurishardi va Yahovaning buyrug‘i bilan yo‘lga chiqishardi. 21  Gohida bulut kechqurundan to ertalabgacha to‘xtab turardi. Ertalab esa chodir ustidan ko‘tarilardi va ular yo‘lga chiqishardi. Bulut kechasi ko‘tariladimi yoki kunduzimi, ular yo‘lga chiqishardi+. 22  Bulut muqaddas chodir ustida ikki kun turadimi, bir oymi yoki undan ko‘proqmi — qancha turmasin — Isroil o‘g‘illari qarorgoh qurib yashashardi, hech qayerga siljishmasdi. Bulut ko‘tarilganida esa yo‘lga chiqishardi. 23  Yahovaning buyrug‘i bilan ular qarorgoh qurishardi va Yahovaning buyrug‘i bilan yo‘lga chiqishardi. Yahova Muso orqali bergan buyruqga binoan yo‘l tutib, ular Yahovaga bo‘ysunishardi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «ikki kechki payt oralig‘i». Quyosh botishidan, to qorong‘i tushishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘i.