Sahroda 15:1-41

  • Nazrlar haqida qonunlar (1-21)

    • Isroil xalqi va musofir uchun qonun bir (15, 16)

  • Bilmasdan qilingan gunohlar uchun nazrlar (22-29)

  • Bila turib qilingan gunohlar uchun jazo (30, 31)

  • Shabbatni buzgan kishi o‘ldiriladi (32-36)

  • Kiyimlar etagidagi popuklar (37-41)

15  Keyin Yahova Musoga dedi:  «Isroil xalqiga bunday deb ayt: “Yashashingiz uchun Men sizlarga berayotgan yurtga yetib borganingizda,  Yahova xush* hidini his etsin deya, qoramol yoki qo‘y-echkilardan Yahovaga atab olovda kuydiriladigan nazrlar+: xoh kuydiriladigan qurbonlik+, xoh qasam nazri yoki ixtiyoriy nazr+, xoh mavsumiy bayramlar paytida+ olib kelinadigan nazrlar keltiradigan bo‘lsangiz,  nazr olib keladigan kishi, Yahova uchun don nazri sifatida efaning* o‘ndan bir qismiga teng oliy navli unga, chorak xin* moy aralashtirib olib kelsin+.  Shuningdek, kuydiriladigan qurbonlikka+ yoki qurbon qilinadigan har bir erkak qo‘ziga qo‘shib, ichimlik nazri sifatida chorak xin sharob olib kelsin.  Qo‘chqor bilan birga esa, don nazri sifatida efaning o‘ndan ikki qismiga teng oliy navli unga, xinning uchdan bir qismiga teng moy qo‘shib, olib kelsin.  Ichimlik nazri sifatida esa, Yahova xush hidini his etsin deya, xinning uchdan bir qismiga teng sharob keltirsin.  Ammo bordi-yu, Yahovaga atab kuydiriladigan qurbonlik+ yoki o‘zgacha qasam bilan bog‘liq qurbonlik+ yoki tinchlik qurbonligi+ sifatida buqa olib keladigan bo‘lsangiz,  buqa bilan birga don nazri+ sifatida efaning o‘ndan uch qismiga teng oliy navli unga, yarim xin moy aralashtirib olib kelinglar. 10  Bundan tashqari, Yahova xush hidini his etsin deya, ichimlik nazri+ — olovda kuydiriladigan nazr sifatida yarim xin sharob keltiringlar. 11  Har bir buqa, qo‘chqor, erkak qo‘zi yoki takani olib kelganda, aynan shunday yo‘l tutinglar. 12  Qurbonlikka qancha mol olib kelmang, har birini shu tarzda keltiringlar. 13  Har bir mahalliy isroillik Yahova uchun olovda kuydiriladigan xush hidli nazr olib kelganda, shunday qilishi darkor. 14  Agar sizlar bilan yashayotgan musofir yoki avlodlaringiz osha orangizda istiqomat qilib kelayotgan kishi Yahova uchun olovda kuydiriladigan xush hidli nazr olib kelsa, xuddi sizlar kabi yo‘l tutishi lozim+. 15  Jamoatni tashkil etgan sizlar uchun ham, sizlar bilan yashayotgan musofir uchun ham qoida birdir. Bu, avlodlaringiz uchun asrlar osha amal qilinadigan qoida bo‘lsin. Musofir ham, sizlar ham Yahovaning nazarida tengsizlar+. 16  Sizlar uchun ham, sizlar bilan yashayotgan musofir uchun ham qonun va farmon birdir”». 17  Yahova Musoga gapirishda davom etib, dedi: 18  «Isroil xalqiga murojaat qilib, shunday deb ayt: “Men sizlarga berayotgan yurtga borib, 19  shu yurtning hosilini* yeysizlar+. Shunda Yahovaga xayr-ehson qilishingiz darkor. 20  Sizlar yirik tortilgan birinchi undan halqa shaklidagi nonlar yasab, ehson qilinglar+. Uni xirmondan keltirilgan tortiq singari ehson qilinglar. 21  Yirik tortilgan birinchi uningizning bir qismini, avlodlaringiz osha Yahovaga ehson sifatida tortiq etinglar. 22  Agar xatoga yo‘l qo‘yib, Yahova Musoga aytgan ushbu amrlarni to‘liq bajarmasangizlar, 23  Yahova Muso orqali sizlarga va avlodlaringizga bergan amrlarga — Yahova buyurgan kundan e’tiboran bajarishingiz kerak bo‘lgan amrlarga rioya qilmasangizlar, 24  ammo bu xatoga bilmasdan qo‘l urilgan bo‘lib, u haqda jamoaning xabari bo‘lmasa, butun jamoa Yahova uchun olovda kuydiriladigan xush hidli qurbonlik sifatida bitta buqani olib kelsin. Buqa bilan birga, qoidaga binoan+ don nazri, ichimlik nazri hamda gunoh qurbonligi+ uchun bitta yosh takani olib kelsin. 25  Ruhoniy Isroil o‘g‘illari jamoasining gunohini yuvsin va ularning gunohi kechiriladi+, chunki bu bir xato bo‘lib, ular Yahovaga olovda kuydiriladigan nazr hamda xatosi uchun Yahovaga gunoh qurbonligini keltirishdi. 26  Butun Isroil o‘g‘illari jamoasining va oralarida yashayotgan musofirning gunohi kechiriladi, chunki xalq bilmasdan bu gunohni qilgan. 27  Agar biror kishi bilmasdan gunohga qo‘l ursa, gunoh qurbonligi sifatida bir yashar urg‘ochi echkini olib kelsin+. 28  Ruhoniy Yahovaning oldida bilmasdan gunoh qilib qo‘ygan kishining gunohini yuvsin. Gunohi yuvilgandan so‘ng, uning gunohi kechiriladi+. 29  Isroil o‘g‘illari bo‘ladimi, oralarida yashayotgan musofir bo‘ladimi, bilmasdan gunoh qilib qo‘yganlarning hammasi uchun qonun birdir+. 30  Biroq bila turib gunohga qo‘l urgan kishi+, u mahalliy isroillik yoki musofir bo‘lishidan qat’i nazar, Yahovani haqorat qilgan bo‘lib, xalqi orasidan yo‘q qilinsin. 31  Yahovaning so‘zini mensimay, Uning amrini buzgani sababli, u albatta yo‘q qilinsin+. U o‘z gunohi uchun javob bersin”+». 32  Isroil o‘g‘illari sahroda yurishganida, Shabbat kuni o‘tin terib yurgan odamni ko‘rib qolishdi+. 33  O‘tin terib yurgan kishini ko‘rganlar, uni Muso bilan Horunning va butun jamoaning oldiga olib borishdi. 34  Bu odam bilan qanday yo‘l tutish kerakligi haqida qonunda aniq ko‘rsatma bo‘lmagani bois, uni qamab qo‘yishdi+. 35  Shunda Yahova Musoga dedi: «Bu odam albatta o‘ldirilsin+. Butun jamoa uni qarorgohning tashqarisida toshbo‘ron qilsin»+. 36  Yahova Musoga buyurganiday, butun jamoa bu odamni qarorgohning tashqarisiga olib chiqdi va toshbo‘ron qilib o‘ldirdi. 37  Yahova Musoga shunday dedi: 38  «Isroil o‘g‘illariga ayt, ular etaklariga popuk tikib, ustidan moviy ip o‘tkazib chiqishsin+ va buni avlodlari osha bajarishsin. 39  Ularga bunday degin: “Moviy ipli popuklar sizlarga Yahovaning barcha amrlarini va ularga amal qilish kerakligini eslatib turadi+. Toki sizlar xiyonatga* yetaklovchi qalbingiz va ko‘zingiz ehtirosiga berilmanglar+. 40  Ushbu buyruqni, Mening barcha amrlarimni eslab bajarishingiz va Tangringiz oldida muqaddas bo‘lishingiz uchun berdim+. 41  Xudoyingiz ekanimni ko‘rsatish uchun, sizlarni Misr yurtidan olib chiqqan Allohingiz Yahovaman+. Men Tangringiz Yahovaman”»+.

Izohlar

Yoki «tinchlantiradigan, orombaxsh». So‘zma-so‘z «taskin beradigan».
Bir xin=3,67 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.
So‘zma-so‘z «nonini».
Yoki «ma’naviy fohishalikka».