Sahroda 10:1-36

  • Kumush karnaylar (1-10)

  • Sinayni tark etish (11-13)

  • Yo‘lga chiqish tartibi (14-28)

  • Xo‘vovdan Isroilning yo‘l boshlovchisi bo‘lish so‘raladi (29-34)

  • Musoning qarorgoh qurganda aytgan ibodati (35, 36)

10  Keyin Yahova Musoga quyidagilarni aytdi:  «O‘zing uchun karnaylar yasa+. Karnaylarni kumushdan, bolg‘a bilan shakl berib yasa va ulardan jamoani chaqirish va chodirlarni yiqqanda foydalan.  Karnaylarning ikkalasi chalinganda, butun jamoa sening oldingga — uchrashuv chodirining kiraverishiga yig‘ilsin+.  Bordi-yu, bitta karnay chalinsa, faqatgina yo‘lboshchilar — Isroil o‘g‘illarining mingboshilari oldingga to‘plansin+.  Karnaylarni uzuq-uzuq chalganingizda, sharq tomonda joylashgan qarorgohlar+ yo‘lga chiqsin.  Karnayni ikkinchi marta chalganingizda, janub tomonda joylashgan qarorgohlar+ yo‘lga chiqsin. Karnaylarni uzuq-uzuq chalganda, har safar bitta bo‘linma yo‘lga chiqsin.  Jamoani yig‘ish kerak bo‘lganda karnaylarni chalinglar+, lekin ularni uzuq-uzuq chalmanglar.  Karnaylarni ruhoniylar bo‘lmish Horunning o‘g‘illari chalishsin+ va ulardan foydalanish avlodlar osha, asrlar davomida sizlar uchun qoida bo‘lsin.  Sizlarga zulm o‘tkazayotgan zolimga qarshi urush ochmoqchi bo‘lsangizlar, jangga chorlash maqsadida karnaylarni chalinglar+. Shunda Tangringiz Yahova sizlarni eslaydi va dushmanlaringizdan qutqaradi. 10  Shuningdek, xursandchilik kunlarida+ — bayramlaringiz-u+ har bir oy boshida kuydiriladigan qurbonliklar+ va tinchlik qurbonliklaringiz+ ustida karnaylarni chalinglar. Karnaylar chalinishi Xudoyingiz oldida sizlar uchun eslatma sifatida xizmat qiladi. Men Tangringiz Yahovaman»+. 11  Ikkinchi yilning ikkinchi oyi 20- kuni+, bulut shohidlik sandig‘i turgan muqaddas chodir ustidan ko‘tarildi+. 12  Isroil o‘g‘illari o‘rnatilgan tartibga ko‘ra Sinay sahrosidan yo‘lga chiqib+, bulut Poron cho‘liga borib to‘xtamaguncha yo‘l yurishdi+. 13  Ular birinchi marta Yahova Musoga bergan ko‘rsatmaga binoan yo‘lga chiqishgan edi+. 14  Birinchi bo‘lib Yahudo qabilasi boshchiligi ostidagi uchta qabiladan tarkib topgan bo‘linma o‘z guruhlari* bilan yo‘lga chiqdi. Ominadov o‘g‘li Naxsho‘n+ o‘z guruhiga boshchilik qildi. 15  Issaxor qabilasining o‘g‘illaridan tashkil topgan guruhga Zuvor o‘g‘li Natanil+ boshchilik qildi. 16  Zabulun qabilasining o‘g‘illaridan tashkil topgan guruhga Xalon o‘g‘li Eliyob+ boshchilik qildi. 17  Muqaddas chodir yig‘ishtirib olinganida+, muqaddas chodirni ko‘tarib yuradigan Gershon+ va Marori+ o‘g‘illari yo‘lga chiqishdi. 18  Keyin Ruben qabilasi boshchiligi ostidagi uchta qabiladan tarkib topgan bo‘linma o‘z guruhlari bilan yo‘lga chiqdi. Shaduvor o‘g‘li Elizur+ o‘z guruhiga boshchilik qildi. 19  Shimo‘n qabilasining o‘g‘illaridan tashkil topgan guruhga Zurishaday o‘g‘li Shalumiyol+ boshchilik qildi. 20  Gad qabilasining o‘g‘illaridan tashkil topgan guruhga Duvel* o‘g‘li Eliasaf+ boshchilik qildi. 21  So‘ng muqaddas maskanning narsalarini ko‘tarib yuradigan Qohot o‘g‘illari+ yo‘lga chiqishdi. Ular yetib borguncha, muqaddas chodir o‘rnatilishi kerak edi. 22  Keyin Efrayim qabilasi boshchiligi ostidagi uchta qabiladan tarkib topgan bo‘linma o‘z guruhlari bilan yo‘lga chiqdi. Omihud o‘g‘li Elishama+ o‘z guruhiga boshchilik qildi. 23  Manashe qabilasining o‘g‘illaridan tashkil topgan guruhga Padozur o‘g‘li Gamaliel+ boshchilik qildi. 24  Benyamin qabilasining o‘g‘illaridan tashkil topgan guruhga Gido‘nax o‘g‘li Avidon+ boshchilik qildi. 25  Dan qabilasi boshchiligi ostidagi uchta qabiladan tarkib topgan bo‘linma o‘z guruhlari bilan yo‘lga chiqdi. Ular barcha qabilalarni ort tomondan himoyalab borishardi. Omishaday o‘g‘li Oxazar+ o‘z guruhiga boshchilik qildi. 26  Osher qabilasining o‘g‘illaridan tashkil topgan guruhga Oxron o‘g‘li Paxiyol+ boshchilik qildi. 27  Naftali qabilasining o‘g‘illaridan tashkil topgan guruhga Enan o‘g‘li Oxir+ boshchilik qildi. 28  Isroil o‘g‘illari o‘z guruhlari bo‘yicha yo‘lga chiqqanda, mana shu tartibga rioya qilishardi+. 29  Shundan keyin Muso midiyonlik qaynatasi Ruvelning*+ o‘g‘li Xo‘vovga shunday dedi: «Biz, Yahova “sizlarga beraman”+, degan yerga ketyapmiz. Biz bilan yuraqoling+. Sizga yaxshi muomala qilamiz. Chunki Yahova Isroilga yaxshi narsalarni va’da qildi»+. 30  Ammo u Musoga: «Men bora olmayman, o‘z mamlakatimga, qarindoshlarim oldiga qaytaman»,— dedi. 31  Shunda Muso unga quyidagilarni aytdi: «Iltimos, bizni tark etmang. Chunki siz sahroning qayerida qarorgoh qurishni bilasiz va bizga yo‘l boshlovchi* bo‘lasiz. 32  Agar biz bilan borsangiz+, Yahova bizga qilgan barcha yaxshiliklarni siz bilan baham ko‘ramiz». 33  Shunday qilib, ular Yahovaning tog‘idan+ yo‘lga chiqib, uch kun yo‘l yurishdi. Ular uchun dam oladigan joy topish maqsadida+ uch kun davomida Yahovaning ahd sandig‘ini+ ularning oldida ko‘tarib borishardi. 34  Kunduzi qarorgoh qurgan joyni tark etishganida, Yahovaning buluti+ ularning ustida bo‘lardi. 35  Ahd sandig‘ini ko‘targanlar yo‘lga chiqqanda, Muso shunday deb aytardi: «Qo‘zg‘al, ey Yahova!+ Dushmanlaring tumtaraqay bo‘lsin, Sendan nafratlanganlar oldingdan qochib ketsin». 36  Ular dam olish uchun to‘xtashganida esa, u: «Ey Yahova, son-sanoqsiz, minglab Isroil o‘g‘illari yoniga qayt!»+ — deb aytardi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «qo‘shinlari».
Ibroniycha Masoret matnida, Samariya Tavroti qo‘lyozmalarida va lotincha Vulgatada «Duvel», yunoncha Septuagintada va suryoniy Peshittada esa «Ruvel» sifatida uchraydi.
Ya’ni Yatro.
Yoki «ko‘zlarimiz».