Rimliklarga 12:1-21

  • Tanalaringizni tirik qurbonlik sifatida bag‘ishlanglar (1, 2)

  • In’omlar turlicha, badan bir (3-8)

  • Masihiylarning hayotiga oid maslahatlar (9-21)

12  Shunday ekan, birodarlar, Allohning mehr-shafqati bilan sizlardan o‘tinib so‘rayman: tanalaringizni+ tirik, muqaddas+, Xudoga ma’qul keladigan qurbonlik sifatida bag‘ishlanglar. Shu yo‘sin, aqlingizni ishga solib+, muqaddas xizmatni ado eta olasizlar.  Ushbu zamonga* uyg‘unlashmanglar, aksincha, Tangrining yaxshi, maqbul, komil irodasi nimada ekanini aniqlash uchun+ ongingizni yangilab+, o‘zingizni o‘zgartiringlar.  Menga ko‘rsatilgan inoyatga asoslanib, har biringizga shunday deyapman: o‘z haqingizda keragidan ortiq o‘ylamanglar+. Lekin aqli raso bo‘lib yurish uchun har biringiz o‘z to‘g‘ringizda Xudodan olgan imonga yarasha o‘ylanglar+.  Badanimizda a’zolar ko‘p bo‘lgani bilan+ hammasi ham bitta vazifani bajarmaydi.  Biz ham ko‘p bo‘lishimizga qaramay, Masih bilan birlikda bitta tanani tashkil etamiz, alohida esa bir-birimizga tegishli bo‘lgan a’zolarmiz+.  Bizga ko‘rsatilgan inoyat asosida turli in’omlarga egamiz+: kimki bashorat qilish in’omiga ega bo‘lsa, unga berilgan imonga muvofiq bashorat qilsin.  Yoki xizmat qilish in’omiga ega bo‘lsa, xizmat qilsin, ta’lim berish in’omiga ega bo‘lsa, ta’lim bersin+.  Yoxud dalda berish* in’omiga ega bo‘lsa, dalda bersin*+, berish in’omiga ega bo‘lsa, saxiylik bilan bersin+, boshqarish in’omiga ega bo‘lsa, g‘ayrat bilan boshqarsin+, rahm-shafqat ko‘rsatish in’omiga ega bo‘lsa, quvonch bilan rahm-shafqat ko‘rsatsin+.  Sevgingiz ikkiyuzlamachilikdan xoli bo‘lsin+. Yomonlikdan jirkanib+, yaxshilikka yopishib olinglar. 10  Imondoshlaringizni birodarlarcha, chin ko‘ngildan sevinglar. Bir-biringizni hurmat qilishda tashabbus ko‘rsatinglar+. 11  Yalqov emas, mehnatsevar bo‘linglar*+. Ilohiy ruh ta’sirida g‘ayratli bo‘linglar*+. Yahovaga* qulday xizmat qilinglar+. 12  Umidingiz bo‘lgani uchun sevininglar. Qayg‘uli paytlarda sabr-bardoshli bo‘linglar+. Doimo ibodat qilinglar+. 13  Muhtojlikda bo‘lgan muqaddas kishilar bilan bor narsangizni baham ko‘ringlar+. Mehmondo‘st bo‘linglar+. 14  Sizlarni ta’qib qilayotganlarni duo qilinglar+. Ha, la’natlashning o‘rniga duo qilinglar+. 15  Sevinayotganlar bilan sevininglar, yig‘layotganlar bilan yig‘langlar. 16  Boshqalar haqda o‘z to‘g‘ringizda o‘ylagandek, o‘ylanglar. O‘zingiz haqda yuqori fikrda bo‘lmanglar, ammo kamtarona nuqtai nazarga ega bo‘linglar+. O‘z nazaringizda aqlli bo‘lmanglar+. 17  Hech kimga yomonlik evaziga yomonlik qaytarmanglar+. Aksincha, hamma odamlar yaxshi deb hisoblaydigan ishlarni qilishga intilinglar. 18  Iloji bo‘lsa, qo‘lingizdan kelganicha barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechiringlar+. 19  Azizlarim, o‘zingiz uchun qasos olmanglar, biroq Allohning qahriga yo‘l qo‘yib beringlar+. Chunki Muqaddas Yozuvlarda shunday deb yozilgan: «Qasos Meniki, yomon ishlari uchun ularning jazosini Men beraman, demoqda Yahova*+». 20  Ammo «dushmaning och bo‘lsa, unga ovqat ber, chanqagan bo‘lsa, ichgani biron narsa ber. Shunday yo‘l tutib uning boshiga yonayotgan cho‘g‘lar yig‘asan*»+. 21  Yomonlikka mag‘lub bo‘lmang, aksincha, yomonlikni hamisha yaxshilik bilan mag‘lub qiling+.

Izohlar

Yoki «nasihat qilish».
Yoki «nasihat qilsin».
Yoki «alangalaninglar».
Yoki «Faoliyatingizda yalqov bo‘lmanglar».
Bu, odamni yumshatib, qalbini eritishni anglatadi.