Qonunlar 21:1-23
21 Agar Tangringiz Yahova sizlarga mulk qilib berayotgan yurtdagi dalada odamning murdasi topilsa va uni kim o‘ldirgani noma’lum bo‘lsa,
2 oqsoqollar bilan hakamlar+ borib, murda yotgan joydan uning atrofidagi shaharlargacha bo‘lgan masofani o‘lchab chiqishsin.
3 So‘ng murda yotgan joyga eng yaqin joylashgan shaharning oqsoqollari qoramollari orasidan bo‘yinturuq solinmagan, ishlatilmagan yosh g‘unajinni olib,
4 shudgor qilinmagan, urug‘ sepilmagan, suv oqib turgan vodiyga olib borishsin-da, o‘sha yerda g‘unajinning bo‘ynini sindirishsin+.
5 U yerga levi ruhoniylar ham borishsin, chunki Xudoyingiz Yahova ularni O‘ziga xizmat qilishlari+ va Yahovaning nomidan duolar qilishlari uchun tanlagan+. Ular zo‘ravonlik bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday kelishmovchilik qanday hal qilinishini e’lon etishadi+.
6 Keyin murda yotgan joyga eng yaqin joylashgan shaharning barcha oqsoqollari vodiyda bo‘yni sindirilgan g‘unajinning ustida qo‘llarini yuvib+,
7 ular: “Bu qonni bizning qo‘llarimiz to‘kmadi, to‘kilganini ko‘zlarimiz ham ko‘rmadi.
8 Ey Yahova, O‘zing ozod etgan xalqing Isroilni+ bunga javobgar deb bilma, begunoh qon to‘kilganida xalqing Isroilni ayblama”+,— deb aytishsin. Shunda ular qon to‘kilgani uchun javobgar bo‘lishmaydi.
9 Yahovaning nazarida to‘g‘ri bo‘lgan ishni qilganingiz uchun, begunoh odamning qoni to‘kilishida aybdorlikdan xalos bo‘lasizlar.
10 Dushmanlaringiz bilan jang qilgani borganingizda, Allohingiz Yahova ularni qo‘lingizga topshirib, ularni asir qilib olganingizda+,
11 asirlarning orasida chiroyli qizni ko‘rib, yoqtirib qolsangiz va uni xotinlikka olishni istasangiz,
12 uni uyingizga olib kelsangiz bo‘ladi. Bu qiz sochlarini qirib, tirnoqlarini olsin
13 va asirga tushganda egnida bo‘lgan kiyimlarini almashtirib, uyingizda yashasin. Bir oy davomida u ota-onasi uchun aza tutsin+. Shundan so‘ng unga yaqinlashishingiz mumkin va siz uning eri, u bo‘lsa xotiningiz bo‘ladi.
14 Bordi-yu, u sizga yoqmay qolsa, uni xohlagan joyiga qo‘yib yuboring+. Ammo uni sotmang yoki qo‘pol muomalada bo‘lmang, chunki uni majburlab xotinlikka olgansiz.
15 Mabodo biron kishining ikkita xotini bo‘lib, ulardan birini boshqasiga qaraganda ko‘proq sevsa* va ikkalasi ham unga o‘g‘il tug‘ib bergan bo‘lib, to‘ng‘ich o‘g‘li sevmaydigan xotininiki bo‘lsa+,
16 merosini o‘g‘illariga bo‘lib berayotganda, u sevilmagan xotinidan tug‘ilgan to‘ng‘ich o‘g‘lining o‘rniga, suyukli xotinidan tug‘ilgan o‘g‘lini to‘ng‘ich deb hisoblamasin.
17 U sevilmagan xotinidan tug‘ilgan o‘g‘lini to‘ng‘ich sifatida tan olib, unga mol-mulkidan ikki hissa ko‘proq bersin, chunki u yetukligining ilk mevasidir. To‘ng‘ichlik huquqi unga tegishli+.
18 Agar biron odamning qaysar, isyonkor va ota-onasiga itoatsiz o‘g‘li bor bo‘lsa+ va ular uni to‘g‘ri yo‘lga solishga qancha urinishmasin, ularga quloq solmasa+,
19 ota-onasi uni o‘z shaharlarining darvozasi oldida o‘tiradigan oqsoqollarning yoniga olib borishsin.
20 Ular shahar oqsoqollariga: “O‘g‘limiz qaysar va isyonkor, gapimizga hech quloq solmaydigan ochofat+ va ichkilikboz+”,— deb aytishsin.
21 Keyin shahar aholisi uni toshbo‘ron qilib o‘ldirsin. Shu tariqa yovuzlikni orangizdan yo‘q qilinglar va butun Isroil xalqi buni eshitib, qo‘rqadi+.
22 Bordi-yu, biror kishi o‘lim jazosiga loyiq ishga qo‘l urgani uchun o‘ldirilsa+ va uni ustunga osib qo‘ysangizlar+,
23 uning jasadi kechasi bilan ustunda qolib ketmasin+. Uni o‘sha kunning o‘zida ko‘minglar, chunki ustunga osilgan odam Xudo tomonidan la’natlangandir+. Tangringiz Yahova sizlarga meros qilib berayotgan yurtni bulg‘amanglar+.
Izohlar
^ So‘zma-so‘z «birini sevib, ikkinchisidan nafratlansa».