Mark 11:1-33

  • Isoning tantanali kirishi (1-11)

  • La’natlangan anjir daraxti (12-14)

  • Iso ma’badni tozalaydi (15-18)

  • Qurigan anjir daraxtidan saboq (19-26)

  • Isoning vakolati shubha ostiga qo‘yiladi (27-33)

11  Ular Quddusga, Zaytun tog‘ida joylashgan Baytfagiya va Baytaniyaga+ yaqinlashib qolishganida, Iso o‘zidan oldin ikki shogirdini jo‘natib+,  ularga shunday dedi: «Ro‘parangizdagi qishloqga boringlar. U yerga kirishingiz bilanoq, hali hech kim minmagan xo‘tikni bog‘langan holda topasizlar. Uni yechib olib kelinglar.  Mabodo kimdir sizlardan: “Nima qilyapsizlar?” — deb so‘rab qolsa, unga: “Bu xo‘tik Hazratimizga kerak, uni darhol qaytarib beradi”,— deb aytinglar».  Shogirdlar borishdi va ko‘chada eshik oldida bog‘langan xo‘tikni topib, uni yechishdi+.  O‘sha yerda turgan ba’zi odamlar esa: «Nimaga xo‘tikni yechyapsizlar?» — deb so‘rashdi.  Shogirdlar xuddi Iso aytganiday javob berishdi va odamlar ularga ruxsat berishdi.  Ular xo‘tikni olib kelib+, ustiga o‘z kiyimlarini yozishdi va Iso xo‘tikka mindi+.  Shuningdek, ko‘pchilik o‘z kiyimlarini, boshqalar esa yo‘l bo‘yidagi daraxtlarning novdalarini kesib, uning yo‘liga poyandoz qilishardi+.  Isoning oldi va orqasida kelayotganlar tinmay shunday deya xitob qilishardi: «Yolvoramiz, unga najot ber!+ Yahovaning* nomidan kelayotgan muborakdir!+ 10  Otamiz Dovudning kelayotgan Shohligi muborak bo‘lsin!+ Ey, samoda bo‘lgan Xudo, yolvoramiz, unga najot ber!» 11  Iso Quddusdagi ma’badga kirib, atrofdagi barcha narsaga nazar tashladi. Vaqt kech bo‘lib qolgani uchun, u 12 shogirdi bilan birga Baytaniyaga bordi+. 12  Ertasiga, Baytaniyadan qaytishayotganda, Isoning qorni ochdi+. 13  U uzoqdan barglari chiqqan anjir daraxtini ko‘rib, birorta mevasi bormikin, deya yoniga bordi. Ammo barglardan boshqa hech narsa topa olmadi, chunki hali anjir terish vaqti emasdi. 14  Shuning uchun Iso: «Bundan buyon sening mevangni hech kim yemasin»+,— dedi. Shogirdlari esa buni eshitib turishgan edi. 15  So‘ng ular Quddusga kelishdi. Iso ma’badga kirib, oldi-sotdi qilayotganlarning hammasini quvib chiqardi. Pul almashtiruvchilarning peshtaxtalarini va kaptar sotuvchilarning kursilarini ag‘darib yubordi+. 16  Hatto ma’bad ichidan biror narsa ko‘tarib o‘tishga ham ruxsat bermadi. 17  U ta’lim berib, shunday derdi: «Muqaddas Yozuvlarda: “Mening uyim barcha xalqlar ibodat qiladigan uy deb ataladi”+,— deyilgan. Sizlar bo‘lsa uni qaroqchilar uyasiga aylantirib yubordingizlar»+. 18  Bosh ruhoniylar bilan ulamolar esa buni eshitib, Isoni o‘ldirish payiga tushishdi+. Ular Isodan qo‘rqishardi, chunki hamma uning ta’limotidan lol qolgandi+. 19  Kech kirganda, ular shahardan chiqib ketishdi. 20  Erta tongda ular yana anjir daraxti yonidan o‘tib ketayotib qarashsa, u tomirigacha qurib qolibdi+. 21  Shunda Butrus kechagi voqeani eslab: «Ustoz qarang, siz la’natlagan anjir daraxti qurib qolibdi!»+ — dedi. 22  Iso javoban ularga quyidagilarni aytdi: «Allohga e’tiqod qilinglar. 23  Ishonavering, agar kimdir bu tog‘ga: “Ko‘taril-da, dengizga otil”,— desa va qalbida shubha qilmay, aytgani bajo bo‘lishiga ishonsa, o‘sha narsa bo‘ladi+. 24  Shuning uchun sizlarga aytyapman: ibodatda nimaiki so‘rasangizlar, uni olishingizga aniq ishoninglar va o‘sha narsaga ega bo‘lasizlar+. 25  Ibodat qilib turganingizda, birovdan norozi bo‘lsangiz, uni kechiringlar. Shunda osmondagi Otangiz ham ayblaringizni kechiradi»+. 26  * —— 27  Keyin ular yana Quddusga kelishdi. Iso ma’badda yurganida, bosh ruhoniylar, ulamolar va oqsoqollar uning yoniga kelib: 28  «Bu ishlarni qanday huquq bilan qilyapsan? Bu huquqni senga kim berdi?» — deya so‘rashdi+. 29  Iso ularga javoban dedi: «Men ham sizlarga bir savol beray. Agar javob bersangizlar, men ham qanday huquq bilan qilayotganimni sizlarga aytaman. 30  Qani aytinglar-chi: Yahyo odamlarni suvga cho‘mdirish huquqini+ Xudodan* olganmi yo odamlardanmi?»+ 31  Ular esa o‘zaro shunday fikr yurita boshlashdi: «“Xudodan”,— desak, u bizga: “Bo‘lmasa nega unga ishonmadingizlar?” — deydi. 32  Balki: “Odamlardan”,— dermiz?» Biroq ular xaloyiqdan qo‘rqishardi, chunki hammasi Yahyoni haqiqatan ham payg‘ambar bo‘lgan, deb hisoblardi+. 33  Oxiri ular Isoga javob berib: «Bilmaymiz»,— deyishdi. Iso esa ularga: «Unda men ham bu ishlarni qanday huquq bilan qilayotganimni sizlarga aytmayman»,— dedi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «osmondan».