Levilar 4:1-35
-
Gunoh qurbonligi (1–35)
4 Yahova Musoga shunday deb aytdi:
2 «Isroil o‘g‘illariga ayt: “Agar biror kishi bilmay turib+, Yahova qilma deb aytgan qandaydir gunoh ishga qo‘l ursa, quyidagicha yo‘l tutsin:
3 Agar moylangan ruhoniy+ gunohga qo‘l urib+ xalqni aybdor qilib qo‘ysa, u gunohi uchun Yahovaga gunoh qurbonligi sifatida nuqsonsiz yosh buqani keltirsin+.
4 U buqani uchrashuv chodirining kiraverishiga+, Yahovaning oldiga olib kelib, buqaning boshiga qo‘lini qo‘ysin-da, uni Yahovaning huzurida so‘ysin+.
5 Keyin moylangan ruhoniy+ buqaning qonidan bir oz olib, qonni uchrashuv chodiriga olib kirsin.
6 Ruhoniy barmog‘ini yetti marta qonga botirib+, Yahovaning huzurida, muqaddas joydagi parda oldida yetti marta yerga sachratsin+.
7 Shuningdek, ruhoniy qondan oz-moz olib, Yahovaning oldidagi, uchrashuv chodiridagi tutatqi tutatiladigan qurbongohning shoxlariga surtsin+. Qolgan qonning hammasini uchrashuv chodirining kiraverishida turgan kuydiriladigan qurbonlik keltiriladigan qurbongohning yonboshiga to‘ksin+.
8 U gunoh qurbonligi sifatida keltirilgan buqaning yog‘ini, jumladan ichaklarini qoplab turgan yog‘ni, ichaklarning atrofidagi yog‘ni,
9 ikkala buyragini va uni qoplab turgan yog‘ni, ya’ni sonlarining yonidagi yog‘ni ham olsin. Shuningdek, u buyraklar bilan birga jigardagi yog‘ni ajratib olsin+.
10 Tinchlik qurbonligi sifatida keltirilgan buqadan ham shu narsalar ajratib olinsin+. Ruhoniy bu narsalarni kuydiriladigan qurbonlik keltiriladigan qurbongohda kuydirsin.
11 Buqaning terisi, kallasi bilan go‘shti, pochalari, ichaklari va go‘ngini+ —
12 buqaning qolgan qismlarini — qarorgohning tashqarisiga, kul to‘kiladigan toza joyga olib chiqib, yonayotgan o‘tinlar ustiga qo‘yib kuydirsin+. Buqa kul to‘kiladigan joyda kuydirilsin.
13 Bordi-yu, butun Isroil yig‘ini bilmay turib+ qandaydir gunoh ishga qo‘l urib aybdor bo‘lsa, lekin jamoa, Yahova qilma deb aytgan ish qilinganidan bexabar qolsa+,
14 gunoh oshkor bo‘lganidan keyin, jamoa gunoh qurbonligi uchun yosh buqani olsin-da, uni uchrashuv chodiri oldiga keltirsin.
15 Jamoa oqsoqollari Yahovaning oldida buqaning boshiga qo‘llarini qo‘yishsin va buqa Yahovaning oldida so‘yilsin.
16 So‘ng moylangan ruhoniy buqaning qonidan bir oz olib uchrashuv chodiriga kirsin.
17 Ruhoniy barmog‘ini yetti marta qonga botirib, Yahovaning huzurida, muqaddas joydagi parda oldida yetti marta yerga sachratsin+.
18 Keyin ruhoniy qondan oz-moz olib, Yahovaning oldidagi, uchrashuv chodiridagi tutatqi tutatiladigan qurbongohning shoxlariga surtsin+. Qolgan qonning hammasini uchrashuv chodirining kiraverishida turgan kuydiriladigan qurbonlik keltiriladigan qurbongohning yonboshiga to‘ksin+.
19 U yog‘ning hammasini ajratib olib, qurbongohda kuydirsin+.
20 Gunoh qurbonligi sifatida keltirilgan buqa bilan nima qilgan bo‘lsa, bu buqani ham o‘shanday qilsin. Shunday qilib, ruhoniy ularning gunohini yuvsin+ va ular kechiriladi.
21 Birinchi buqaga o‘xshab bunisini ham qarorgoh tashqarisiga olib chiqib kuydirsin+. Bu — jamoa uchun keltiriladigan gunoh qurbonligi+.
22 Yo‘lboshchi+ bilmay turib Tangrisi Yahova qilma deb aytgan ishlardan birortasiga qo‘l urib gunoh qilsa va aybdor bo‘lsa
23 yoki sodir etgan gunohi bilan amrni buzganidan xabar topsa, unda nuqsonsiz yosh takani nazr sifatida keltirsin.
24 U qo‘lini yosh takaning boshiga qo‘ysin va uni Yahovaning oldida, kuydiriladigan qurbonlik so‘yiladigan joyda so‘ysin+. Bu — gunoh qurbonligidir.
25 Ruhoniy gunoh qurbonligi sifatida keltirilgan hayvonning qonidan barmog‘iga oz-moz olib, kuydiriladigan qurbonlik keltiriladigan qurbongohning shoxlariga surtsin+. Qolgan qonning hammasini kuydiriladigan qurbonliklar keltiriladigan qurbongohning yonboshiga to‘ksin+.
26 Tinchlik qurbonligining yog‘i kuydirilganidek, uning hamma yog‘ini ham kuydirsin+. Ruhoniy uning gunohini yuvsin va uning gunohi kechiriladi.
27 Agar xalq orasidan biror kishi bilmay turib gunoh qilsa va Yahova qilma deb aytgan ishlardan birini qilib aybdor bo‘lib qolsa+
28 yoki gunoh sodir etganidan xabar topsa, unda qilgan gunohi uchun nuqsonsiz yosh urg‘ochi echkini nazr sifatida keltirsin.
29 U gunoh qurbonligi sifatida keltiriladigan hayvonning boshiga qo‘lini qo‘ysin va uni kuydiriladigan qurbonlik so‘yiladigan joyda so‘ysin+.
30 Ruhoniy gunoh qurbonligi sifatida keltirilgan hayvonning qonidan barmog‘iga oz-moz olib, kuydiriladigan qurbonlik keltiriladigan qurbongohning shoxlariga surtsin. Qolgan qonning hammasini qurbongohning yonboshiga to‘ksin+.
31 Tinchlik qurbonligining yog‘ini ajratib olgandek+, uning hamma yog‘ini ajratib olsin+ va qurbongohdan tutun ko‘tarilishi uchun ruhoniy yog‘larni Yahovaga atab olovda kuydiriladigan xush hidli nazr sifatida kuydirsin. Ruhoniy uning gunohini yuvsin va uning gunohi kechiriladi.
32 Bordi-yu, u qo‘zini gunoh qurbonligi sifatida keltirsa, nuqsonsiz urg‘ochi qo‘zini olib kelsin.
33 U gunoh qurbonligi sifatida keltiriladigan hayvonning boshiga qo‘lini qo‘ysin va uni kuydiriladigan qurbonlik so‘yiladigan joyda so‘ysin+.
34 Ruhoniy gunoh qurbonligi sifatida keltirilgan hayvonning qonidan barmog‘iga oz-moz olib, kuydiriladigan qurbonlik keltiriladigan qurbongohning shoxlariga surtsin+. Qolgan qonning hammasini qurbongohning yonboshiga to‘ksin.
35 Tinchlik qurbonligi sifatida keltirilgan yosh qo‘chqorning yog‘ini ajratib olgandek, uning hamma yog‘ini ajratib olsin va ruhoniy yog‘larni Yahovaga keltirilgan nazrlarning ustiga qo‘yib qurbongohda kuydirsin+. Ruhoniy uning sodir etgan gunohini yuvsin va uning gunohi kechiriladi+.