Levilar 18:1-30

  • Qonunga zid jinsiy aloqalar (1-30)

    • Kan’onliklarning odatlariga rioya qilmaslik (3)

    • Yaqin qarindoshlar bilan jinsiy aloqa qilmaslik (6-18)

    • Ayol hayz ko‘rganda (19)

    • Jinsdosh bilan jinsiy aloqa qilmaslik (22)

    • Hayvon bilan jinsiy aloqa qilmaslik (23)

    • Yurt qusib tashlamasligi uchun pok bo‘lish (24-30)

18  Yahova gapini davom ettirib, Musoga shunday deb aytdi:  «Isroil o‘g‘illariga murojaat qilib quyidagilarni ayt: “Men Tangringiz Yahovaman+.  Sizlar, o‘zlaringiz yashagan Misr yurtidagilar qilgan ishlarni qilmanglar. Men sizlarni boshlab borayotgan Kan’on yurtidagilarning odatlariga rioya etmanglar+. Ularning qoidalari bo‘yicha yo‘l tutmanglar.  Mening hukmlarimni bajaringlar, nizomlarimga rioya qilib, ular bo‘yicha yo‘l tutinglar+. Men Tangringiz Yahovaman.  Nizomlarim-u hukmlarimga rioya etinglar. Ularga rioya qilgan kishi ular tufayli yashaydi+. Men Yahovaman.  Orangizdan hech kim jinsiy aloqa qilish* uchun yaqin qarindoshiga yaqinlashmasin+. Men Yahovaman.  Otangiz hamda onangiz bilan jinsiy aloqa qilmang. U onangizdir, shuning uchun u bilan jinsiy aloqada bo‘lmang.  Otangizning xotini bilan jinsiy aloqada bo‘lmang+. Bunday yo‘l tutib otangizni sharmanda qilgan bo‘lasiz*.  Opa yoki singlingiz bilan, xoh u otangiz, xoh onangizning qizi bo‘lsin, xoh tug‘ishgan, xoh o‘gay bo‘lsin, u bilan jinsiy aloqada bo‘lmang+. 10  O‘g‘lingiz yoki qizingizning qizi bilan jinsiy aloqada bo‘lmang, chunki bunday yo‘l tutib o‘zingizni sharmanda qilgan bo‘lasiz. 11  Otangizning boshqa xotinidan tug‘ilgan qizi bilan jinsiy aloqa qilmang, chunki u sizning opangiz yoki singlingizdir. 12  Ammangiz bilan jinsiy aloqa qilmang. Chunki u otangizga qondosh bo‘ladi+. 13  Xolangiz bilan jinsiy aloqa qilmang. Chunki u onangizga qondosh bo‘ladi. 14  Amakingizni sharmanda qilib uning xotini bilan jinsiy aloqa qilmang. Chunki u kelinoyingizdir+. 15  Keliningiz bilan jinsiy aloqa qilmang+. U o‘g‘lingizning xotinidir, u bilan yotmang. 16  Akangiz yoki ukangizning xotini bilan jinsiy aloqa qilmang+, chunki bunday yo‘l tutib aka yoki ukangizni sharmanda qilgan bo‘lasiz. 17  Biror ayolga uylangan bo‘lsangiz, uning qizi bilan jinsiy aloqa qilmang+. O‘sha ayolning o‘g‘lining qizini yoki qizining qizini xotinlikka olib u bilan yotmang, chunki ular xotiningizning yaqin qarindoshidir. Bu, buzuqlikdir*. 18  Xotiningizga kundosh qilib uning opasi yoki singlisini xotin qilib olmang+. Xotiningiz tirikligida uning opasi yoki singlisi bilan jinsiy aloqa qilmang. 19  Ayol hayz ko‘rganda jinsiy aloqa qilish uchun unga yaqinlashmang+. 20  Yaqiningizning* xotini bilan jinsiy aloqa qilib o‘zingizni bulg‘amang+. 21  Bolalaringizning birortasini ham Mo‘laxga qurbon qilmang*+. Bunday qilib Xudoyingiz ismiga dog‘ tushirmang+. Men Yahovaman. 22  Ayol bilan yotganday erkak kishi bilan yotmang+. Bu, jirkanchdir. 23  Erkak kishi hayvon bilan jinsiy aloqa qilib o‘zini bulg‘amasin. Ayol kishi ham o‘zini hayvonga qo‘yib berib, u bilan jinsiy aloqa qilmasin+. Bu, buzuqlikdir. 24  Bunday ishlarning hech biri bilan o‘zingizni bulg‘amang. Men oldingizdan haydayotgan xalqlar aynan shu ishlari bilan o‘zlarini bulg‘ashgan edi+. 25  Shu sababli ularning yurti ham bulg‘andi. Qilgan gunohi uchun bu yurt aholisini jazolayman. Yurt esa ularni qusib tashlaydi+. 26  Ammo sizlar nizomlarim-u hukmlarimga rioya etinglar+. Isroillik ham, oralaringizda yashayotgan musofir ham, ushbu jirkanch ishlarning hech birini qilmasin+. 27  Sizlardan oldin mana shu yurtda yashagan odamlar, bu barcha jirkanch ishlarni qilishgan edi+. Shu bois, yurt bulg‘angan ahvolda. 28  Agar yurtni bulg‘amasangiz, u sizlardan oldin yashagan xalqlarni qusib tashlagandek, sizlarni qusib tashlamaydi. 29  Bu jirkanch ishlardan biriga qo‘l urgan har qanday inson o‘z xalqi orasidan qirib tashlanadi. 30  Sizlardan oldin yashagan odamlarning jirkanch urf-odatlariga rioya qilmay, Mening talablarimni bajaringlar+. Aks holda, bu urf-odatlar dastidan nopok bo‘lib qolasizlar. Men Tangringiz Yahovaman”».

Izohlar

So‘zma-so‘z «yalang‘ochligini ochish».
So‘zma-so‘z «yalang‘ochligini ochgan bo‘lasiz».
Yoki «axloqsiz xulq-atvor; beadablik».
Yoki «qo‘shningiz; o‘rtog‘ingiz».
Yoki «bag‘ishlamang».